So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Renat Bayramov: O'z vaqtida o'qimaganimdan afsuslanaman Yangiliklar

Renat Bayramov: O'z vaqtida o'qimaganimdan afsuslanaman

O'ylaymizki, bu futbolchi haqida ozmi-ko'pmi malumotga egasiz. O'z vaqtida Paxtakor tarkibida bir necha bor O'zbekiston chempioni, mamlakat kubogi sohibi bo'lgan yarim himoyachi o'tgan yili futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Bayramov milliy termamiz safida ham o'ynashga muvaffaq bo'lgan. Lekin tan olib aytish kerak, so'nggi yillar uning uchun omadli kechmadi. Buni o'zi ham takidladi. Ayni payt Renat futboldan yiroqda. Biz u bilan uchrashib, bugungi faoliyati xususida intervyu oldik.

- Renat, bugungi kunda nimalar bilan bandsiz?


- Hozircha bekorchilik (kuladi). Tayinli bir ish bilan mashg'ul emasman.

- Futbolni qo'msayotgan bo'lsangiz kerak?


- Albatta. Lekin... inson xohlagan hamma narsasiga erishavermas ekan. Istak boshqa, uning ro'yobi boshqa.

- Futbolchilik faoliyatini yakunlash haqidagi qarorni qabul qilish oson kechmagandir?


- Juda ham qiyin bo'ldi. Lekin hamma narsaning boshlanishi bo'lganidek, yakuni ham bor. Bu - hayot, menda boshqa tayinli variantlar yo'q edi. Yana bir-ikki yil to'p surishni xohlagandim.

- Faoliyatingizdan mamnunmisiz yoki qanday bo'lsa, shundayligicha qabul qildingizmi?


- Umuman olganda, qoniqish hosil qildim. Ammo uning yakunidan biroz ranjiganim bor gap. Paxtakordan ketganimdan so'ng ishlarim o'zim xohlaganchalik kechmadi. Lekin buning uchun hech kimdan o'pkalamayman. Hamma ayb o'zimda. Demak, qaerdadir xatoga yo'l qo'yganman.

- Nega bunday bo'ldi?

- O'zim ham bilmayman. Paxtakordagi o'yinimni yo'qotib qo'ygandim.

- Bunday bo'lishini kutmagandirsiz?

- SHubhasiz. Oldinda sizni qanday taqdir kutayotganini bilmas ekansiz.

- Adashmasam, sizni Paxtakorga Tachmurod Agamurodov taklif qilgandi, shundaymi?


- To'g'ri. 2005 yili Paxtakor tarkibiga qo'shildim. Bu jamoa tarkibida to'p surish - aksariyat futbolchilarning orzusi. Menga ham shunday baxt nasib qilganidan xursandman. O'sha paytda Navbahor safida o'ynardim. Namangan shahri jamoasi sharafini ikki mavsum, aniqrog'i, 2003 va 2004 yillarda himoya qildim. Har ikki mavsumda ham bronza medallarini qo'lga kiritdik. O'yinlarim maqul kelgan shekilli, Tachmurod Agamurodov va Samvel Babayan meni Paxtakorga chaqirishdi.

- Umuman, futboldagi faoliyatingiz qay tarzda boshlangan edi?


- Dog'istonda tug'ilganman. Uch yoshga to'lganimda oila azolarim bilan birga Zarafshon shahriga ko'chib kelganmiz. Oilada yagona o'g'il farzand bo'lganman. Ikki nafar singlim bor. Hamma bolalar singari ko'chada to'p tepishni boshlaganman. Birinchi murabbiyim Viktor Pujalin bo'lgan. U kishi Qizilqum jamoasida kichik yoshdagi bolalar guruhiga murabbiylik qilardilar. Aynan Viktor Konstantinovichdan futbolning ilk sir-asrorlarini o'rganganman. Keyinchalik shu klubda o'ynaganman.

- Paxtakordan nima uchun ketdingiz? SHunga majbur qilishdimi yoki buni o'zingiz xohladingizmi?


- Menimcha, ketish vaqti etib kelgandi. O'sha paytda Amet Memet meni Andijon jamoasiga taklif qilgandi. Avvaliga Samvel Babayan bilan bu haqda gaplashdik, u rozilik berganidan keyin Andijonga ko'chib o'tganman.


- Murabbiylikda o'zingizni sinab ko'rish istagi yo'qmi?

- Afsuski, oliy malumotga ega emasman. O'ylashimcha, endi bunga kech bo'ldi. Hatto institutda ham oxirigacha o'qimaganman. Aniqrog'i, tashlab ketganman. SHuning uchun ham hamma aybni o'zimdan qidiraman. Hozir bunday yo'l tutganimdan afsusdaman. Lekin endi kech, vaqtni orqaga qaytarishning imkoni yo'q.

- O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olganmisiz?


- Yo'q. Qirg'izistondagi yuridik institutida o'qiganman.

- Nima uchun aynan qo'shni davlatda?


- O'sha paytda Zarafshon shahrida yashardim. SHu institutga hujjatlarimni topshirib, imtihonlarda o'zimni sinab ko'rishimni aytishdi. Bunga urinib ko'rdim va to'plagan ballarim talabalikka qabul qilinishimga etarli bo'ldi. Lekin yuqorida aytganimdek, talabalik zavqini oxirigacha sura olmadim.

- Paxtakorda o'ynab yurgan kezlaringiz chala qolgan ishingizni oxiriga etkazish imkoniyati bor edi-ku! O'zbekiston chempioni sifatida sizni imtihonsiz jismoniy tarbiya institutiga o'qishga qabul qilishardi. Nima uchun bu imkoniyatdan foydalanmagansiz?


- O'zim ham shunga hayronman. Nimaga bu haqda o'ylab ko'rmagan ekanman, deb hozir afsuslanaman. SHu bois, bugungi yoshlarga futbol bilan parallel ravishda o'qishlarini ham tavsiya qilaman. Keyin menga o'xshab afsus chekib yurishmaydi.

- Futbolsiz hayot qiyin kechayotgandir?


- Nimasini aytasiz. Jinni bo'lib qolay deyapman (kuladi).

- Bu vaqtinchalik holatmi?


- Bilmadim. Bu faqat Yaratganga malum.

- O'z vaqtida milliy jamoamizda ham o'ynagansiz. Terma libosida o'tkazgan ilk uchrashuvingiz yodingizdami?


- Adashmasam, asosiy tarkibdagi dastlabki o'yinimni Gongkong termasiga qarshi uchrashuvda o'tkazgandim. Lekin terma jamoa safida unchalik ko'p o'ynamaganman.

- Faoliyatingizda qaysi murabbiylardan ko'proq minnatdorsiz?


- Deyarli barchasidan. Ular orasida birinchi ustozimni alohida takidlagan bo'lardim. Keyin Viktor Jalilov, Tachmurod Agamurodov, Samvel Babayan kabi mutaxassislardan ham umrbod minnatdorman. Ulardan nafaqat futbolda, balki hayotda ham ko'p narsa o'rgandim.

- Malum vaqt 1-liga azosi Xorazm jamoasida ham o'ynadingiz...


- Sport formamni yo'qotib qo'ymaslik uchun quyi divizion klubida to'p surishga to'g'ri kelgandi.

- Birinchi liganing saviyasi tayin. O'sha paytdagi qaroringizdan ke-yinchalik afsuslanmaganmisiz?


- Albatta, afsuslandim. Aynan Xorazmda o'ynab, sport formamni batamom yo'qotdim.


Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика