Rednapp: "Pep - daho, tarixdagi eng zo'ri. Agar sizga futbol yoqsa, demak sizga "Siti"ning ham o'yini yoqadi"
26 apr 2021 09:38
Yangiliklar
Rednapp: "Pep - daho, tarixdagi eng zo'ri. Agar sizga futbol yoqsa, demak sizga "Siti"ning ham o'yini yoqadi"
Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Jeymi Rednapp "Manchester Siti"ning Angliya liga Kubogida "Tottenxem" (1:0)ni mag'lub etganidan so'ng "shaharliklarning" ispaniyalik murabbiyi haqi o'z fikrlarini bildirdi.
"Ushbu jamoani tomosha qilish juda yoqimli. Agar sizga futbol yoqsa, demak sizga "Man Siti"ning ham o'yini yoqadi. Pep Gvardiola o'ylashimcha, daho. O'yinchilar uning uchun tog'larni qalqon qilishadi.
U tarixdagi eng zo'rimi? Men uchun, uning jamoalari uslubi, kamtarligi va futbolchilarni o'sishini ko'rsak, haqiqatdan ham eng zo'ri. Keyinchalik nima bo'lishidan qatiy nazar.
Odamlar "Barsa"da uning qo'l ostida Messi, Xavi va Inesta bo'lganini aytishadi, ammo u qaerga bormasin, o'sish ko'rinadi. Joriy mavsum yana ham muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin", - deydi Rednapp.
Fikrlar