Rednapp: "APLdagi chempionlik kurashi yakunlanib bo'lgan, Gvardiola jamoasiga raqobat tug'diradigan klubni ko'rmayapman"
10 fev 2021 11:24
Yangiliklar


Rednapp: "APLdagi chempionlik kurashi yakunlanib bo'lgan, Gvardiola jamoasiga raqobat tug'diradigan klubni ko'rmayapman"
Taniqli murabbiy Xarri Rednapp APLning joriy mavsumidagi chempionlik kurashi haqida gapirdi.
"Poyga tugadi. "Manchester Siti" chempion bo'ladi. Hammasi tugadi. Joriy mavsumda Xosep Gvardiola jamoasi barchadan bir bosh ustun. "SHaharliklar"ga raqobat tug'diradigan klubni ko'rmayapman.
"Manchester Yunayted"? "Iblislar" bu mavsumda yaxshi ishtirok etishmoqda, ammo ular "Manchester Siti" bilan raqobat tug'dira olishadi deb o'ylamayman", - deydi mutaxassis.
"Siti" MYUdan 5 ochko ilgarilab ketgan holda birinchi o'rinda bormoqda. Bundan tashqari ispaniyalik murabbiy jamoasida 1ta zaxira o'yini mavjud.
Eslatib o'tamiz, agar "Siti" yana chempion bo'lsa, unda "shaharliklar" APL sovrinini 4 yilda 3-bor qo'lga kiritishgan bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
23:29
BAA Pro ligasi. "Al Bataeh" kutilmaganda "Sharja"dan ustun keldi, "Al Vahda"dan yirik g'alaba 0

Fikrlar