“Real”ning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunlashga qaror qildi
06 mar 2018 23:16
Yangiliklar


“Real”ning sobiq himoyachisi faoliyatini yakunlashga qaror qildi
Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi, “Real” va “Roma” klublarida to'p tepgan Sisino Sesar futbolchilik faoliyatini yakunlashini malum qildi.
37 yoshli futbolchining so'nggi jamoasi “Brazilense” klubi bo'ldi.
“Tizzamdagi jarohat bois faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. “Brazilense” klubiga pul uchun emas, balki yuqori darajada to'p tepish uchun kelgandim. Ammo hamma ishni amalga oshirdim va endi xotirjam faoliyatimni yakunlasam bo'ladi”, deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Globo Esporte.
Qirollik klubi tarkibida braziliyalik fulbek klublar o'rtasida Jahon chempioni (2005) va 2007 yilda La Liga chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa, “Roma” safida (2008 yil) Italiya kubogi, terma jamoasi tarkibida esa Konfederaciyalar kubogi (2005)da g'olib chiqan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar