"Real"ning asosiy futbolchilaridan biri jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
12 noya 2017, 15:57
"Real" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Isko Kosta-Rikaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (5:0) jarohat oldi.

Futbolchi Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Isko Kosta-Rika terma jamoasiga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 65-daqiqada almashtirildi.

Rossiya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi bahs 14 noyabr kuni Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com