“Real”ning 19 nafar futbolchisi La Ligada gol urdi. Bu top-5 ligalar ichidagi eng yaxshi natija
15 iyu 2020 09:02
Yangiliklar


“Real”ning 19 nafar futbolchisi La Ligada gol urdi. Bu top-5 ligalar ichidagi eng yaxshi natija
“Real” La Liga 28-turi doirasida “Eybar”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
O'yinda o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga erishgan Marselo joriy mavsum La Ligada gol urgan “Real”ning 19-futbolchisi bo'ldi.
“Real” bu borada kuchli beshlik ligalar jamoalari o'rtasidagi eng yaxshi natijaga ega bo'lib turibdi.
La Liga doirasida joriy mavsum “Real” safida eng ko'p gol urgan futbolchilar esa quyidagilar: Karim Benzema — 14 ta gol, Serxio Ramos — 6 ta gol, Toni Kroos — 4 ta gol.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar