"Real"ga van Deyk xizmatlarini taklif qilishdi, lekin...

Omonjon To`xtamirzayev
7 yanv 2025, 12:02
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk agentlari futbolchini "Real"ga 2025 yil yozida o'z safiga qo'shib olishni taklif qilgan.

Aynan yozda van Deykning "qizillar" bilan shartnomasi yakuniga etadi va erkin agentga aylanadi. 

Niderlandiyalik futbolchining vakillari "Madrid" himoyasidagi jarohatlar bilan bog'liq muammolarni inobatga olib, mazkur so'rovni yuborishgan. Biroq "qaymoqranglilar" mazkur taklifni rad etgan.

Takidlanishicha, "Real" jamoaga ko'proq mos tushadigan boshqa profilga ega futbolchilar foydasiga van Deyk variantiga qiziqmagan. Qo'shimchasiga, "Madrid" o'yinchining 33 yoshdaligi tufayli ham tavakkal qilishni istamagan.

Bundan tashqari, "Real" hozirgi markaziy himoyachilari Antonio Ryudiger, Eder Militao, David Alaba va Raul Asensioga ishonadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: relevo.com