"Real" zaxirasida qolib ketgan Marselo o'ziga yangi klub aniqlab oldi

Alisher
25 okt 2021, 16:04
"Real" o'yinchisi Marselo klubini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.

Tajribali futbolchi faoliyatini vatanida davom ettirmoqchi.

33 yoshli braziliyalik futbolchi qishki transfer oynasida "Fluminense"ga o'tishni rejalashtirmoqda. Uning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Marselo Madrid grandida 2007 yilning yanvaridan beri o'ynaydi. U joriy mavsum La Liga doirasidagi atigi 1ta o'yinda maydonga tushib, 2 daqiqa harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Nacional