"Real" Xoseluning kelajagi borasida bir qarorga keldi
21 fev 2024 16:45
Yangiliklar
Madridning "Real" klubi "Espanol"dan ijaraga olingan hujumchi Xoseluni sotib oladi, deb xabar berdi AS.
Uning transfer summasi 1,5 million evroni tashkil qiladi.
Ispaniyalik futbolchi oktyabr oyida "qirollik klubi"da qolish istagini bildirgandi. "Qaymoqranglilar"da o'yinchini sotib olish imkoniyati bor.
33 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda qatnashib, 13 ta to'p kiritdi hamda 4 ta golga assistentlik qildi.
Avvalroq "CHelsi" "Real" futbolchisini safiga qo'shib olmoqchi ekani haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar