"Real" va MYU inqiroz sababli "Tottenxem" futbolchisi uchun kurashmaydi

Mirjalol Normatov
19 apr 2020, 10:18
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasi vaqtida "Real"ning rejalariga kirmaydi.

"Daily Mail"ning qayd etishicha, koronavirus sababli bo'layotgan kichik moliyaviy inqiroz sababli "qirollik klubi" rahbariyati katta transferlarni amalga oshirmaslikni o'ylamoqda. "Real" yaqindagina futbolchilarning maoshini 10 foizga pasaytirgandi.

Oldinroq "Manchester Yunayted" ham Xarri Keynning transferidan voz kechgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail