"Real" va "Manchester Yunayted" klublari shov-shuvli almashishga tayyorlar

Alisher
9 dek 2019, 11:03
"Real" va "Manchester Yunayted" klublari qishki transferlar oynasida futbolchi almashishga tayyorlar.

Zinedin Zidan yanvarda yarim himoyachi Pol Pogbani olishga qaror qilgan. Shu sababli Garet Beyl ham almashinuv sifatida "Manchester Yunayted"ga yo'l olishi kerak.

Qayd etish kerakki, bunday katta bitimga Xames Rodriges kirishi ham mumkin.

Pol Pogba anchadan buyon "Manchester Yunayted"da o'ynamayapti. Xabarlarga ko'ra, fransiyalik futbolchi "qizil iblislar" uchun o'ynashni xohlamayapti va transferlar oynasi ochilishini kutmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Desmarque