Real – SHalke. Ramos maydonga tushishi mumkin
06 mar 2015 09:04
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/164480_original.jpg)
![](/upload/storage/164480_220.jpg)
Real – SHalke. Ramos maydonga tushishi mumkin
Real himoyachisi Serxio Ramos ECHL 1/8 finali doirasidagi SHalkega qarshi javob o'yinida (birinchi o'yin - 2:0) maydonga tushishi mumkin, deb xabar bermoqda Marca nashri.
Ispaniya terma jamoasi azosi Qirollik klubining so'nggi mashg'ulotida ishtirok etdi va to'p bilan shug'ullandi.
Eslatib o'tamiz, Ramos Ispaniya chempionati doirasida Sevilyaga qarshi (2:1) qoldirilgan o'yinda jarohat olgandi. O'shanda u 9-daqiqadayoq maydonni tark etishga majbur bo'lgan edi.
Oldinroq Ramos 22 martga qadar maydonga tushmasligi malum qilingandi. Biroq himoyachi "El Klasiko"ga tayyor bo'lishi mumkin.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar