"Real" murabbiyi: "Haqli g'alaba. Zidan o'yindan mamnun"
24 jan 2021 07:27
Yangiliklar


"Real" murabbiyi: "Haqli g'alaba. Zidan o'yindan mamnun"
"Real" jamoasining yordamchi murabbiyi David Bettoni "Alaves"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Haqli g'alaba. Biz o'yinni nazorat qildik. Jamoam o'yinidan xursandman. Almashtirishlarga keladigan bo'lsak, men uchun bosh murabbiy fikri muhim edi.
Zidan o'yindan mamnun. U menga futbolchilarni tabriklab qo'yishimni aytdi. Endi biz biroz dam olib, keyingi o'yin haqida o'ylashimiz lozim", - dedi Bettoni.
Eslatib o'tamiz, Zidan koronavirus yuqtirib olgani sabab kechagi o'yinda jamoasini maydondan turib boshqara olmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar