

"Qirollik klubi" misrlik o'yinchini yozgi transferlar oynasida 150 million evro evaziga o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Bunga qadar "Real"ning asosiy transfer maqsadi PSJ hujumchisi Kilian Mbappe edi, ammo Madrid klubi fransiyalik futbolchining yuqori narxi sabab transfyerdan voz kechdi.
Taxmin qilinishicha, PSJ Mbappe uchun 300 million evro talab qilmoqda, ammo "Real" bu pulni to'lashga tayyor emas.
Eslatib o'tamiz, Salah "Liverpul"ga 2017 yilda "Roma"dan o'tgan edi.



