Real Madridning yana bir asosiy futbolchisi uchun mavsum yakunlandi
10 noy 2024 10:59
Yangiliklar


Real Madridning yana bir asosiy futbolchisi uchun mavsum yakunlandi
Kecha Real Madrid La Liganing navbatdagi turida Ososunaga qarshi bahs olib bordi.
Bahsning 30-daqiqasida mezbonlarning asosiy himoyachisi Eder Militao jarohat oldi. Ilk tekshiruvlardan so'ng braziliyalik futbolchi yana xochsimon bog'lamini uzib oldi. Bu degani futbolchi uchun mavsum yakunlandi. Himoyachi endi yaqin 9 oy ichida maydonga tusha olmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar