"Real" Lukakuga qiziqmoqda
04 may 2022 16:37
Yangiliklar
Forvard Angliya klubidan yozgi transfer oynasida ketishi mumkin. Oldinroq, Madrid klubining bosh maqsadi "Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland edi. Ammo, muzokaralar boshi berk ko'chaga kirdi va "Real" endilikda "ko'klar" forvardi Romelu Lukakuni xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Lukakuni o'z klubi asosiy tarkibida ko'rmayapti va katta ehtimol bilan klub futbolchini ushlab turishga harakat qilmaydi. Ammo, transfer narxi 80 mln evrodan kam bo'lmaydi.
Lukaku joriy mavsum APL doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar