So’nggi yangiliklar

23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  2 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  4 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  14 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  2 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  10 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  4 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  2 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  3 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  3

"Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi! Yangiliklar

"Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi!

Teglar :  RealKashima Antlers
"Real" - "Kashima Antlers" uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

"Real" - "Kashima Antlers" 4:2

Gollar: Benzema 9, SHibasaki 44, 52, Ronaldu 60, 98, 104.

"Yokogama xalqaro stadioni"

Bosh hakam: Janni Sikazve (Zambiya) 

"Real": Keylor Navas, Daniel Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Krishtianu Ronaldu, Toni Kroos, Karim Benzema, Marselo, Kasemiro, Lukas Vaskes, Luka Modrich.

"Kashima Antlers": Sogaxata, Nishi, Ueda, SHoji, Yamamoto, Nagaki, Ogasavara, Endo, SHibasaki, Kanazaki, Doi.



Matnli Translyaciyani Telegramdagi kanalimizda kuzatib boring!

90+3. Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi!

90. Bahsning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. Jamoalar hujum uyushtirish uchun tinim bilmay harakat qilishmoqda.

89. XAVFLI VAZIYAT! Yaponiyaliklar gol urishga juda yaqin kelishdi, ammo Navas qutqardi. Burchak zarbasi.

88. SHoma Doi o'rniga Suzuki maydonga tushdi.

87. Ronaldu yana bir himoyachidan qocha olmadi. Agar buni uddalaganida o'z hisobiga gol yozib qo'ygan bo'lardi.

85. Benzema 3 metrdan darvozani bosh bilan aniq nishonga ola bilmadi.

84. Ramos taym boshlanishiga bir necha daqiqa qolmoqda.

82. Bir daqiqa oldin Vaskes o'rniga Isko maydonga tushdi.

81. Qarshi hujumlar vaqti boshlandi. Avvaliga yaponlar keyin esap ispanlar tezkor hujum uyushtirishdi, ammo ikaalasida ham gol yo'q. Faqat "Real" burchak zarbasi ishlab oldi. Standart ham besamar ketdi.

80. Ronaldu bugun juda ko'p xatoga yo'l qo'ymoqda. Uning navbatdagi xatosi to'p raqib jamoaga o'tib ketishi bilan yakunlandi. Yana to'p "Qirollik klubi"da. Vaskes o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi, Ronaldu bosh bilan zarba berdi, biroz noaniq.

78. Hisob hozircha teng. Isko maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

Ramos jarohat olgan vaziyat


74. Agar bahsning asosiy vaqti durang bilan yakunlansa, qo'shimcha vaqtlar bo'ladi.

73. Gol! Yo'q, offsayd ekan! Ronaldu o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

72. Zarbalar bo'yicha hisob 18 - 6. Ammo bu farq golda eks etmayapti.

68. To'p havoga ko'tarildi. Navas darvozasini tark etib himoyachi va raqib hujumchisidan oldin to'pni urib yubordi. To'qnashuvda Ramos jiddiy jarohat olgan ko'rinadi. Unga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

66. Yaponiyaliklar himoyada biroz shoshib qolishyapti. "Real" esa hujumlarini yakunlay olmayapti.

64. Bu safar ham "Real"ni Ramos qutqaradimi? Kuzatamiz!

63. Burchak zarbasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

62. "Real" ko'pchilik bo'lib hujumga o'tmoqda. Marselo chap qanotdan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, to'p himoyachiga tegib havoga ko'tarildi, Ronaldu to'p uchun kurashda mag'lub bo'ldi, himoyachi xavfni to'liq bartaraf etgani yo'q. Burchak zarbasi.

60. GOLLL! Ronaldu penaltidan hisobni tenglashtirdi!

52. GOLLL! "Kashima Antles" hisobda oldinga chiqib oldi!

50. "Kashima Antlers" futbolchilari burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi, ammo standart muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.

49. "Real" hisobda ustunlikni o'z tomoniga og'dirish niyatida. "Kashima Antlers" esa ko'pchilik bo'lib himoyalanmoqda. 

47. "Real" burchak zarbasi ishlab oldi. Kroos uzatgan to'p yaponiyalik futbolchilar tomonidan bartaraf etildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Uchrashuvdagi gollarni Telegram, Feysbuk hamda Tvitterdagi sahifalarimizdan ko'chirib olishingiz mumkin

TANAFFUS

45. Tanaffus! SHibasaki o'z jamoasini tanaffusga 1:1 hisobida chiqib ketishini taminladi. O'yinda "Qirollik klubi" ustunlik qildi. Ko'ramiz, Zidan tanffusda kerakli so'zlarni topib, shogirdlarini ruhlantira olarmikan.

44. GOOOOOLLLLLLL!!!! 1:1. SHibasaki jarima maydoni ichida paydo bo'lgan vaziyatdan unumli foydalandi. U chap oyog'ida darvozaga zarba berib, hisobni tenglashtirdi.

42. "Real" raqibning burchak zarbasini qaytarib qarshi hujumga o'tdi, ammo Benzema yana bir nimalarni o'ylab topishga harakat qilib, to'pni oldirdi va qoida buzdi.

39. Luka Modrich hujumlar tashkil qilishda juda faol, ammo jamoadoshlari unga o'zi o'ylagandek to'pni tashlab bera olishmayapti. Birinchi bo'lim yakunlanishiga 5 daqiqa qoldi.

37. "Real"ning navbatdagi hujumi. Vaskes to'pni ajoyib uslubda Benzemaga tashladi, Karim esa Ronalduni topdi. Krishtianu darvozaga teskari turib oldi va to'pni Modrichga berdi. Lukaning zarbasi to'g'ri darvozabonga yo'nalgan edi va posbon uni egallab oldi.

36. Osiyoliklar mashg'ulotlardagi "kvadrat" o'yiniga tushib qolgandek. Faqat ular to'pni olish uchun kurashadiganlar rolida.

35. Yaponiyalik muxlislar o'z sevimlilarini qo'llashda to'xtashmayapti. Ular "Kashima Antlers"ga ishonishadi.

33. Ronaldu bir himoyachini aldasa darvozabon bilan birga-bir qolar edi, ammo yana u o'z fintlariga o'ralashib qoldi va to'pni oldirdi.

32. "Kashima"ning kamsonli hujumlaridan biri amalga oshmoqda. Lukas Vaskes jarohat olgan ko'rinadi. Ammo u o'rnidan turdi va uchrashuvni davom ettirishini bildirdi.

31. ZARBAAA!!! To'p jonli devorga tegib qaytdi, qaytgan to'pga ham Krishtianu zarba berdi. Noaniq! 

30. Ogasavara o'z jarima maydonchasi yonida Modrichga nisbatan qoida buzdi. Darvozagacha masofa taxminan 27 metr. To'p qarshisida RONALDU!

27. Benzema orqaroqda to'pni qabul qildi va o'ngroqda turgan Vaskesga to'pni uzatib oldinga yugurdi. Lukas uni tushundi va to'pni bir harakatda franciyalikka qaytardi, Benzema esa chap oyog'ida darvozaga zarba berdi, darvozabondan seyv. Burchak to'pi esa muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.

25. Ronaldu raqib jarima maydonchasida, u zarba bermadi va orqaroqdaga jamoadoshiga to'pni uzatdi, Vaskesning zarbasi esa himoyachiga tegib qaytdi. Qaytgan to'p Kasemiroga tushdi. Karlos Kasemiro ham omadini sinab ko'rdi. Burchak zarbasi. Burchak zarbasi uzatilgan paytda Varan darvozabonga qo'pollik ishlatdi va hakam xushtagini chaldi.

24. Endo o'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va o'zi uchun noqulay bo'lgan chap oyog'ida darvozaga zarbe berishga urinib ko'rdi. Ammo juda noaniq.

23. "Kashima Antlers" hozircha faqat raqibning xatosiga va qarshi hujumlarga tayanib o'ynamoqda. Kombinacion hujumlar amalga oshirish uchun to'pga ko'proq egalik qilish lozim.

21. "Qirollik klubi" futbolchilari biroz dam olish niyatida to'pni raqibga berishdi va 30 soniya o'tib uni qaytarib olishdi.

20. To'liq ustunlik "Real" tomonida. "Kashima Antlers" futbolchilari faqat pressing bilan band.

19. "Real" himoyadan chiqishda va to'pni boshqa qanotga o'girishda juda tez harakat qildi. Ronaldu jarima maydonchasiga kirib keldi, ammo fintlarda adashib qoldi va hujum yo'qqa chiqdi.

18. Burchak zarbasi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. To'p bilan osiyoliklar...

17. Ronaldu o'z qanotida fint ishlatib, muxlislarning kayfiyatini ko'tarmoqda. To'p Benzemaga uzatildi, Karim jarima maydoni ichida to'pni o'ziga to'g'irlaguncha raqib futbolchisi uni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi.

15. SHoma "Real" jarima maydonchasi ichida to'pni jamoadoshiga uzatish o'rniga darvozaga zarba berdi. Zarba himoyachilar tomonidan qaytarildi. Yaponiyaliklar raqib maydonida pressing uyushtirishmoqda.

14. "Real" to'pga egalik qilishda davom etmoqda. Toni Kroos bir o'zi jarima maydonchasiga kirib bordi va to'pni Lukas Vaskesga uzatdi. Vaskes esa darvozaga zarba berdi, ammo noaniq.

11. Marselo chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirmoqchi bo'ldi, ammo fint ishlatishda adashib qoldi va to'p maydonni tark etdi.

9. "Real" futbolchilari to'pni u qanotdan bu qanotga uzatib yaponiyaliklar himoya chizig'ining tirqishini izlamoqda. GOOOOOLLLLLLL!!!!

Modrich to'pni o'ng qanotga uzatdi, Lukas Vaskes to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, uzatma aniq bo'lmadi, ammo qaytgan to'p yana Modrichga tushib qoldi va Luka darvozaga zarba berdi. Posbon bir amallab xorvatiyalikning zarbasini qaytardi, ammo qaytgan to'p Benzemaga tushdi. Karim osonlik bilan gol urib hisobni ochdi.

7. Burchak zarbasi "Kashima" futbolchilari tomonidan qaytarildi va hujum bartaraf etildi. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik "Real"da.

6. "Real" maydon markazidan o'tishi bo'lyapti. Ispanlar hujumga o'tdi, to'p Ronalduda, u jarima maydonchasida raqibni aldamoqchi bo'ldi, ammo yaponlar to'pni chiqarib yuborishdi. Burchak zarbasi.

5. Yaponiyaliklar ham yomon ko'rinishmayapti. Hozircha ikkala jamoa ham birorta hujum uyushtirgani yo'q. 

4. Marselo o'z qanotidan Benzemani oldinga chorladi va to'pni ajoyib tarzda unga tashlab berdi, Karim esa o'sha qanotda raqibni aldash bilan band bo'lib to'pni oldirdi.

3. Serxio Ramos qarshi hujumni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Hakam taktik fol uchun kartochka ko'rsatgani yo'q.

2. Tarkiblar bilan pastroqda tanishib olasiz. Ilk daqiqalarda Kasemiroga nisbatan qoida buzildi. Yarim himoyachi bir amallab o'rnidan turdi. To'qnashuv qattiq bo'lgan ko'rinadi.

1. Hakam xushtagini chaldi va final bahsi boshlandi.



Bu bahs klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibini aniqlab beradi.

"Real" - "Kashima Antlers" 4:2 LIVE

Gol: Benzema 9, SHibasaki 44, 52, Ronaldu 60, 98, 104.

"Yokogama xalqaro stadioni"

Bosh hakam: Janni Sikazve (Zambiya) 

"Real": Keylor Navas, Daniel Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Krishtianu Ronaldu, Toni Kroos, Karim Benzema, Marselo, Kasemiro, Lukas Vaskes, Luka Modrich.

"Kashima Antlers": Sogaxata, Nishi, Ueda, SHoji, Yamamoto, Nagaki, Ogasavara, Endo, SHibasaki, Kanazaki, Doi.

"Atletiko Nasonal" klbular o'rtasida jahon chempionatida 3-o'rinni egalladi

Reyting: +44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика