"Real" Karvaxal bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlaydi
02 okt 2024 16:12
Yangiliklar
"Real" Karvaxal bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlaydi
Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Real" tez orada himoyachi Daniel Karvaxal vakillari bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarga kirishadi.
Ikkala tomon ham muddatni uzaytirish shartlarini muhokama qilishni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi va endi yangi kelishuv tafsilotlari muhokama qilinadi.
Karvaxal "qirollik klubi"da 2013 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. Uning transfer qiymati hozirda 12 mln evroni tashkil qilmoqda. "Real"dagi faoliyati davomida u ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi va jamoaning ajralmas qismiga aylandi. Futbolchining o'zi "Real"dan boshqa Evropa klubiga o'tish niyati yo'qligini takidladi, bu esa uning jamoaga sodiqligini ko'rsatadi.
Himoyachi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 7 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta sariq kartochka oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar