"Real" Karvaxal bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlaydi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2024, 16:12
Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Real" tez orada himoyachi Daniel Karvaxal vakillari bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarga kirishadi.

Ikkala tomon ham muddatni uzaytirish shartlarini muhokama qilishni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi va endi yangi kelishuv tafsilotlari muhokama qilinadi.

Karvaxal "qirollik klubi"da 2013 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda. Uning transfer qiymati hozirda 12 mln evroni tashkil qilmoqda. "Real"dagi faoliyati davomida u ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi va jamoaning ajralmas qismiga aylandi. Futbolchining o'zi "Real"dan boshqa Yevropa klubiga o'tish niyati yo'qligini ta'kidladi, bu esa uning jamoaga sodiqligini ko'rsatadi.

Himoyachi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 7 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta sariq kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano