"Real" ertaga Trent uchun tanishtiruv marosimi o'tkazadi
11 iyu 21:09
Yangiliklar


"Real" ertaga Trent uchun tanishtiruv marosimi o'tkazadi
"Liverpul" sobiq himoyachisi yangi klubida tanishtiriladi.
Madrid "Real" klubi o'zining rasmiy saytida yangi himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning taqdimoti ertaga, 12 iyun kuni "Real Madrid Siti"da bo'lib o'tishini malum qildi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
"Bu tadbirdan oldin "Real" prezidenti Florentino Peres Trent Aleksander-Arnoldni rasmiy shartnoma imzolash marosimida kutib oladi. Bu shartnoma yangi o'yinchimizni kelgusi olti mavsumga klub bilan bog'laydi. Taqdimotdan so'ng, Trent Aleksander-Arnold "Real Madrid Siti" matbuot markazida jurnalistlar oldida chiqish qiladi," - deb yozilgan klub xabarida.
26 yoshli Trent Aleksander-Arnoldning avvalgi klubi Angliyaning "Liverpul" jamoasi edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar