"Real" YCHLni yutsa futbolchilarning har biri 1,5 million evrodan pul oladi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2017, 08:05
"Real" rahbariyati YCHLdagi g'oliblik uchun har bir futbolchiga 1,5 million evro mukofot puli berishini ma'lum qildi.

O'tgan safardagi g'oliblik uchun Madrid klubi rahbariyati har bir futbolchiga 700 ming evrodan pul bergandi. Shu tariqa "Qirollik klubi" futbolchilarini tarixiy natija qayd etishga ruhlantirmoqda. "Real" ushbu musobaqada ketma-ket ikkinchi yil g'olib bo'lgan ilk klubga aylanishi mumkin. Rahbariyat murabbiylar va xodimlar uchun jami 32 million evro mukofot puli to'laydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com