Real – YCHLda 150ta g'alabaga erishgan ilk klub

Narzulla Saydullayev
26 apr 2018, 08:41
Real YCHL yarim finalida Bavariyani mag'lub etdi (2:1).

Madrid klubi evrokuboklarda 306-g'alabasiga erishib,  Barselona rekordini takrorladi.

Ushbu muvaffaqiyat Real uchun 150-g'alaba bo'ldi. Madrid klubi YCHLda 249ta o'yin o'tkazib 48ta durang va 51ta mag'lubiyat qayd etgan.

G'alabalar soni bo'yicha Barselona (138), Bavariya (128) va Manchester Yunayted (114) klublari undan keyingi o'rinlarda qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive