"Real" "Ayaks" bilan muzokara boshladi

Aslanov Jasurbek
4 avg 2019, 09:35
"Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek o'ziga "Real" klubi tomonidan bo'layotgan qiziqish haqida gapirdi.

"Bu haqiqat. "Real" bu borada "Ayaks" bilan muzokara boshladi. Boshqa bu haqda hech narsa deya olmayman. "Real" zo'r jamoa, ammo men hozir "Ayaks" a'zosiman. Ko'ramiz, bu o'zgarish qanchalik haqiqatga aylanadi", deya Donni van de Bekning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda  Fox Sports.

Ilgariroq "qaymoqranglilar" rahbariyati 60 million evroga baholanayotgan 22 yoshli yarim himoyachini Amstyerdam klubidan transfer qilish niyatida, ammo "Real" ustozi esa hali hamon Pol Pogbani jamoasida ko'rishni istayapti.

O'tgan mavsumda Bek klubi safida barcha turnirlarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urishga erishdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fox Sports