So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"Real" - "Atletiko" va chempionlar ligasi tarixidagi boshqa takroriy finallar Yangiliklar

"Real" - "Atletiko" va chempionlar ligasi tarixidagi boshqa takroriy finallar

28 may kuni "Real" hamda "Atletiko" jamoalari o'rtasida Evropa chempionlar ligasining final o'yini bo'lib o'tadi.


Yodingizda bo'lsa 2014 yili bo'lib o'tgan finalda ham huddi mana shu ikki jamoa finalgacha etib borgan va yakunda "Real" bosh sovringa ega chiqqandi.

Bugun ECHL tarixida ikki marta bo'lib o'tgan shunday takroriy finallar haqida malumotlar beramiz.

1956 yilgi CHempionlar kubogi finalida "Real" "Reyms"ni 4:3 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritgan


"Real" ketma-ket to'rtinchi kubogini yutganida ham 1959 yil finalda "Reyms"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan


2009 yil. "Barselona" MYUdan 2:0 hisobida ustun kelgan kecha


2011 yili "Uembli"da bo'lib o'tgan finalda Messi boshchiligidagi "Barselona" yana o'sha "Manchester Yunayted"ni tiz cho'ktiradi, bu safar 3:1 hisobida


2005 yil Istambulda bo'lib o'tgan "Liverpul" - "Milan" finali ko'pchilikning yodidan chiqmagan bo'lsa kerak-a? O'shanda inglizlar 0:3 hisobida ortda qolayotib, g'alabani o'z tomonlariga og'dira olgandilar


2007 yili esa "Milan" 2 yil oldingi mag'lubiyat uchun o'ch oladi va Filippo Inzagining dubli "Liverpul"ni 2:1 hisobidagi mag'lubiyatini taminlaydi


1973 yil "Ayaks" finalda "Yuventus"ni mag'lubiyatga uchratib, kubok sohibiga aylanishi uchun bitta gol kifoya qilgan


Anjelo Peruccining 1996 yili bo'lib o'tgan "Yuventus" - "Ayaks" finalida penaltilar seriyasidagi qaytargan to'plari turinliklarga g'alaba keltirgan


Anjelo Sormani 1969 yilgi "Milan" - "Ayaks" (4:1) finalidan so'ng


1995 yilda esa Patrik Klyuvertning o'yin so'nggida kiritgan goli "Ayaks"ga "Milan" ustidan g'alabani taqdim etgan


1963 yil. "Milan" "Benfika" ustidan 2:1 hisobida ustun kelgan


1990 yildagi finalda yana "Benfika" "Milan"ga to'qnash kelgan va yana italiyaliklar g'olib bo'lganlar. Bu safar Frank Raykaard jamoasining g'alabasida katta rol o'ynagan


2014 yilning finali ham hali ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. O'shanda "Real" futbolchisi Serxio Ramos o'yin so'nggida hisobni tenglashtirgan va "qirollik klubi" qo'shimcha taymlarda "Atletiko"dan 4:1 hisobida ustun kelgan


2016 yil. 28 may. "Real" - "Atletiko". Bu safar qaysi jamoa g'alaba qozonadi? Zidan boshchiligidagi "qirollik klubi" o'z tarixidagi 11-sovrinni yuta oladimi yoki Simeone shogirdlari ikki yil oldingi mag'lubiyat uchun qasos oladilarmi?


UEFA rasmiy sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика