"Real" AQSHda o'zining ilk mashg'ulotini o'tkazdi + FOTO

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2017, 12:12
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun Los-Anjelesga yo'l olgan Madridning "Real" klubi AQSHda o'zining ilk mashg'ulotini o'tkazdi.

Madrid klubi ayni damda "Manchester Yunayted" shug'ullanayotgan mashg'ulot bazasida mashg'ulot o'tkazmoqda.


Uzoq muddatli davolanishdan so'ng Garet Beyl mashg'ulotlarga qaytdi



Ispan grandi AQSHda Xalqaro Chempionlar Kubogida ishtirok etadi



Karim Benzema chigal yozdi mashqlarini bajarmoqda, Kasemiro esa uni kuzatyapti


Ayni damda Karim Benzema, Garet Beyl va Luka Modrichlar jamoa bilan shug'ullanishmoqda, Krishtianu Ronaldu esa hozir tatilda, Ibicada oilasi bilan dam olyapti.

"Qirollik klubi"ning ilk mashg'uloti ikki qismga bo'lindi. Birinchisida futbolchilar jismoniy barqarorlikni oshiruvchi mashqlarni bajarishgan bo'lsa, ikkinchisida to'p bilan ishlandi.


Luka Modrich mashg'ulotlarda boshqalar kabi tinim bilmay ishlayapti



Zinedin Zidan jamoasining mashg'ulotlarini kuzatmoqda


Yevropaning ikki grandi ("Real", "Manchester Yunayted") bir bazada shug'ullanayotgani ikkala klubga ham yoqmagan va vaziyatga Xalqaro Chempionlar Kubogi tashkilotchilari aralashishiga to'g'ri keldi. Bir insayderning ma'lum qilishicha, chorshanba kuni kechki payt vaziyat juda yomon bo'lgan.

"Manchester Yunayted" AQSH yig'iniga yakshanba kuni kelgan edi.



Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi chigal yozdi mashqlarida



"Chelsi" xarid qilmoqchi bo'lgan Alvaro Morata "Real" bilan AQSHda mashg'ulot o'tkazmoqda


"Manchester Yunayted" shug'ullanayotgan maydon kiyinish xonalariga yaqin va unda futbolchilar tiklanishi uchun maxsus basseyn mavjud.

"Real" seshanba kuni AQSHga uchib keldi va "Beverli Xills" mehmonxonasida qo'nim topdi.

"Qirollik klubi" hamda "qizil iblislar" o'rtasidagi uchrashuv 23 iyul kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail