"Real" Anchelottiga o'rinbosar topdi
30 mar 14:39
Yangiliklar
"Real" Anchelottiga o'rinbosar topdi
"Real" Xabi Alonsoni "Qirollik klubi" bosh murabbiyiga aylantirmoqchi.
Oldinroq ispaniyalik mutaxassis "Bayer"dan ketmasligini elon qilgan edi.
Malumotlarga ko'ra, Madrid klubi mutaxassis "Bayer"da qolayotganidan mamnun, chunki "Real" rejalariga to'g'ri keladi. Madridliklar Xabi Alonsoni Karlo Anchelotti o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.
"Real"dagilarning fikricha, Alonso "Qirollik klubi" uchun ideal variant, chunki u murabbiy sifatida zamonaviy va klassik yondashuvni birlashtira olgan.
Ispan klubi Alonsoni 2025 yilda, Karlo Anchelotti jamoani tark etishi kutilayotgan davrda bosh murabbiy etib tayinlamoqchi.
O’xshash yangiliklar
08:52
Anchelotti Makronning Mbappeni Olimpiadaga qo'yib yuborish haqidagi iltimosiga munosabat bildirdi 3
Fikrlar