"Milan" 50 mln evrolik transferni amalga oshirmoqchi
12 may 2024 12:01
Yangiliklar
"Milan" 50 mln evrolik transferni amalga oshirmoqchi
"RB Leypcig" hujumchisi Benyamin SHeshko yozgi transfer oynasida "Milan"ga o'tishi mumkin.
"Rossoneri" futbolchining agenti bilan uchrashuvdan so'ng "RB Leypcig"ga sloveniyalik forvard uchun 50 mln evro tayyorlamoqda. Qayd etilishicha, SHeshkoga shuningdek Londonning "Arsenal" klubi ham qiziqmoqda va "Milan" shu sabab taklifni 65 mln evroga qadar ko'tarishi mumkin.
Oldinroq, futbolchiga "CHelsi", "Arsenal", "Liverpul" va "Nyukasl" davogarlik qilayotgani xabar qilingan edi.
SHeshko "Leypcig"ga o'tgan yozda "Zalcburg"dan 24 mln evro evaziga o'tdi. Forvard joriy mavsum "Leypcig" libosida barcha musobaqalarda 41ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 2ta assist qayd etdi. O'yinchining nemis klubi bilan shartnoma 2028 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar