"Bavariya"ning yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi deyarli aniq. Jamoa oldin u bilan ECHLni yutgan
12 may 2024 13:20
Yangiliklar
"Bavariya"ning yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi deyarli aniq. Jamoa oldin u bilan ECHLni yutgan
"Bavariya" jamoa bosh murabbiyligiga Xans-Diter Flikni qaytarishga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, "Bavariya" Flikka 2026 yilga qadar mo'ljallangan mehnat shartnomasi taklif qilgan.
Eslatib o'tamiz, 59 yoshli mutaxassis 2019-2021 yillarda "Bavariya"da bosh murabbiy sifatida ishlagan. Nemis grandi uning qo'l ostida CHempionlar ligasi, Evropa Superkubogi, Germaniya kubogi va ikki bor Germaniya chempionatini yutgan.
Flikning so'nggi ish joyi u 2021-2023 yillarda ishlagan Germaniya terma jamoasi bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya"ning hozirgi bosh murabbiyi Tomas Tuxel mavsum so'nggida Myunxen klubini tark etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar