"Real" 100ta sovrin yutgan Ispaniyaning birinchi klubi
07 may 2023 07:00
Yangiliklar
"Real" 100ta sovrin yutgan Ispaniyaning birinchi klubi
Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real" kecha tunda Ispaniya kubogi finalida Osasunani (2:1) mag'lub etdi.
SHu tariqa, Madrid klubi o'z tarixidagi 100-sovrinni qo'lga kiritdi. Boshqa hech qaysi ispan klubi bunchalik ko'p sovringa ega chiqmagan. SHundan 20tasi Ispaniya kubogi hisoblanadi.
Bundan tashqari Madrid klubi 35 marta Ispaniya chempioni bo'lgan, 12 marta Ispaniya Superkubogi, 1 – Eva Duarte kubogi, 1 – Ispaniya liga kubogi, 14 – CHempionlar ligasi, 2 – UEFA Kubogi, 5 – Evropa Superkubogi, 2 – Lotin kubogi, 3 – Qitalararo kubok, 5 – klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib bo'lgan.
Bu mavsumda "Real" CHempionlar ligasi va Ispaniya chempioni bo'lish imkoniyati nazariy jihatdan hali mavjud.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar