

Tuttosport nashri xabariga ko'ra, 24 yoshli golkiperning xizmatlariga "Milan" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Rossoneri"lar Raykovich bilan yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Janluiji Donnarummaning o'rnini to'ldirmoqchi.

Ma'lumot uchun, "serb Kasilyasi" "Reyms"ga qadar 2015-2019 yillarda Tel-Avivning "Makkabi" klubi darvozasini qo'rilagan.



