Rayan Giggz: "Sulsherning muvaffaqiyatli debyutidan ajablanmadim"
19 jan 2019 16:29
Yangiliklar
Rayan Giggz: "Sulsherning muvaffaqiyatli debyutidan ajablanmadim"
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz Ole-Gunnar Sulsherning MYUdagi ishiga baho berdi.
"Ole yaxshi boshladi, qatorasiga 6ta uchrashuvda g'alaba qozonib, fantastik natija qayd etdi. Men bundan hayron qolmadim. Sulsher ham, futbolchilar ham o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini namoyish etishdi. Hozir jamoada umuman boshqacha muhit hukmron. MYUning bir-ikkita o'yinlarini kuzatdim. Mankunianliklar ko'p gol urib, raqiblarini dog'da qoldirayotgani quvonarli.
APLda MYUni kuchli to'rtlikka kirishiga ishonaman. Mavsumning shunday pallasida impuls juda muhim. Uni tutib olsangiz, klubni to'xtatish qiyin bo'ladi", – deya Giggzning so'zlarini keltiradi Sky Sports nashri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar