Rayan Giggz: "Men Messiga qarshi o'ynaganman, ammo Zidan - ajoyib"
30 may 2019 12:23
Yangiliklar


Rayan Giggz: "Men Messiga qarshi o'ynaganman, ammo Zidan - ajoyib"
"Manchester Yunayted"ning sobiq etakchisi Rayan Giggz unga qarshi o'ynagan futbolchilar orasida eng kuchli futbolchi deb Zidanni etirof etdi.
- Men bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi Krishtianu Ronaldudir. Menga qarshi o'ynagan eng kuchli futbolchi kim? Zidan. U bilan birinchi marta o'ynagan vaqtimda u "Yuventus"da edi. Bu ajoyib bo'lgan edi. O'shanda men unga qarab: "Men uning darajasiga chiqishim kerak" deb o'ylagan edim. U katta edi va muvozanatini yaxshi darajada ushlab turardi. Men futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilar orasida sanaladigan Lionel Messiga qarshi ham o'ynaganman. Ammo Zidan menda ko'proq taasurot qoldirgandi, - deydi Giggz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar