Rayan Babel APLga qaytishga yaqin turibdi
13 jan 2019 10:23
Yangiliklar
Rayan Babel APLga qaytishga yaqin turibdi
"Beshiktosh" yarim himoyachisi Rayan Babel APL jamoasiga o'tishi mumkin.
"Telegraaf" xabariga ko'ra, "Liverpul"ning sobiq futbolchisi 15 yanvar kunida "Fulxem"da tibbiy ko'rikdan o'tadi. SHundan keyin gollandiyalik borasida qaror qabul qilinadi. Natijalar yaxshi bo'lsa, u mavsum yakuniga qadar London jamoasida ijarada o'ynaydi.
Bu mavsumda 32 yoshli Babel jamoasi tarkibida 12 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi. 2007-2011 yillar davomida u "Liverpul" sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
01:46
Turkiya Superligasi. "Sivasspor" Istanbulda "Beshiktosh"ga mag'lub bo'ldi, Turg'unboev esa... 3
Fikrlar