So’nggi yangiliklar

18:40ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Ҳалдия" (матнли трансляция)  18 18:24ЖЧ-2026. Осиёда бешинчи саралаш босқичи ўйинларининг саналари маълум бўлди  3 17:18Хименес: "Жамоага янги келган футболчи одатда қўшиқ айтиши керак, Модрич эса бошқача йўл тутди"  3 16:49"Барселона" Флик дисквалификациясига қарши яна апелляция беради – мураббий "Реал"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши керак  6 16:21Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси халқаро турнирда иштирок этади  0 16:07Рафинья "Реал"га қарши баҳсда иштирок этадими?  3 15:38Паулу Соуза: "Насаф"га қарши ўйиндаги натижа шунчаки тўртта гол уришдан кўра кўпроқ маъно касб этади"  4 15:14Богдан Планич: "'Насаф' жисмонан кучли жамоа бўлганлиги сабабли, кўп югуришга тўғри келди"  3 14:54Терма жамоа ЖЧга чиққан бир пайтда клубларимизнинг ўзини кўрсата олмаётгани ғалати  30 14:36"Ливерпуль" топ-клуб каби ўйин кўрсатмаяпти". Нима учун "қизиллар" инқирозга юз тутди?  4 13:08"Атлетико" Чемпионлар лигаси гуруҳ босқичида Англия клубларини меҳмонда ҳали бирор марта мағлуб этмаган  3 12:22"Наполи" илк бор еврокубок ўйинида 6 та гол ўтказди. А Серияда бу ҳол охирги марта 28 йил олдин содир бўлган  1 12:00Расмий хабар: Ўзбекистон ноябрь ойида Миср билан ўйнайди  6 10:42Паулу Соуза: "Насаф"га қарши ўйиндаги натижа шунчаки тўртта гол уришдан кўра кўпроқ маъно касб этади"  22 10:06Футзал. Бугун 4-турга старт берилади  1

"Liverpul" top-klub kabi o'yin ko'rsatmayapti". Nima uchun "qizillar" inqirozga yuz tutdi? Yangiliklar

"Liverpul" top-klub kabi o'yin ko'rsatmayapti". Nima uchun "qizillar" inqirozga yuz tutdi?

Bugun "qizillar" Germaniyada "Ayntraxt" bilan bellashadi.

So'nggi vaqtlarda omadsizlikka uchrayotgan Slot jamoasi Frankfurtda ECHL umumiy bosqichining navbatdagi o'yinida maydonga tushadi. Jamoa bir yil avvalgi holatida emas, boshqa tomondan bu kutilgan holat. Demak, barchasini tahlil qilishga va tushuntirishga urinib ko'ramiz. 


Arne Slot uchun birinchi jiddiy sinov 

"Liverpul" bugungi kunga kelib, tushunarsiz vaziyatga tushib qolgandek. Arne Slot jamoasi oxirgi to'rtta o'yinda imkoniyatni boy berdi: "Kristal Pelas" (1:2), "Chelsi" (1:2) va MYUga (1:2) APL doirasida, shuningdek, "Galatasaroy"ga (0:1) ECHLda. Niderlandiyalik murabbiy faoliyatida ilk bor ketma-ket 4 ta o'yinni boy berdi. 

Mavsum startida "Liverpul" qatorasiga 7 ta g'alaba qozondi (APL doirasida 5 ta uchrashuv va ECHL ("Atletiko") va Liga Kubogi doirasida ("Sautgempton") bittadan o'yin. Va faqatgina bitta bahs 2 ta to'p farqi bilan yutildi. Etiborlisi, 1-turda "Bornmut"ga qarshi kechgan bellashuvning (4:2) 88-daqiqasida ham durang saqlanib turgandi. Keyin barchamiz "Nyukasl"ga qarshi gollarga boy (3:2) to'qnashuv guvohi bo'ldik, o'sha oqshomda mersisaydliklar 90+10-daqiqadagina g'alaba to'pini urishga erishishdi.

Keyinroq "Liverpul" "Arsenal" (1:0, 83-daqiqada gol), "Byornli" (1:0, Muhammad Saloh 90+5-daqiqada penaltidan gol urdi), "Atletiko" (3:2) yana 2:0 hisobidagi ustunlik boy berildi hamda Virjil van Deyk 90+2-daqiqada g'alaba keltirdi. Slot shogirdlarining oxirgi g'alabasi — derbida "Everton" ustidan (2:1) qo'lga kiritildi. Bu o'yinda ham "Liverpul" avvaliga 2 ta to'p kiritdi, ammo g'alabani qo'ldan boy berishiga sal qoldi.

Omad limiti tugadi chog'i, jamoa ketma-ket mag'lubiyat alamini totmoqda. "Galatasaroy"ga qarshi bahsdan keyin "Liverpul" afsonasi Jeymi Karrager jamoa futbolchilari haqida shunday dedi: "Men top-klub o'yinini ko'rmayapman. Hozirgi "Liverpul" futbol emas, basketbol o'ynamoqda. top jamoalar bunday harakat qiladi, deb o'ylamayman".

Chindan ham "Liverpul" joriy mavsum bir necha bor shunday vaziyatga tushib qoldiki, grand jamoaga mos ravishda o'yin tizginini o'z qo'lida ushlab turolmadi. Shu sabab raqiblar kambek amalga oshirgan holatlar soni ortdi, "Liverpul" borgan sari raqib pressingiga qarshi tura olmayapti. Bunga yorqin misol sifatida ECHL doirasidagi "Galatasaroy" bilan bellashuvni keltirish mumkin. Turklar 4-4-2 taktik sxemasida inglizlarga qarshilik ko'rsatishdi va Slot jamoasi bemalol to'pga egalik qilishiga yo'l qo'yishmadi. Natijada "Liverpul" o'yinni maksimal ravishda soddalashtirishga majbur bo'ldi. Vaholanki aynan to'pga ko'p egalik qilish Klopp davridan keyin Slotning chempionligini taminlashdagi muhim omillardan biri bo'lgandi.

Bu yil "Liverpul"da maydon markazidagi joylashuv ham o'zgardi. Misol uchun Rayan Gravenberx o'tgan mavsum tayanch yarim himoyachi rolini qoyillatib ijro qilgandi. Endi esa Slot unga ko'proq erkinlik berdi va hujumlarga qo'shilishini maqulladi. "Bu yil yarim himoyada erkinroq harakat qilyapmiz. O'tgan mavsum men tayanch zonaga yolg'iz javobgar edim — ancha orqada harakat qilardim. Hozir esa bemalol hujumlarga qo'shilishim mumkin", — degandi Gravenberxning o'zi.

Biroq bu himoya chizig'iga tasir ko'rsatmay qolmadi: "Liverpul"da amalda birorta sof tayanch yarim himoyachi qolmagan. Gravenberxning hujumdagi faolligi esa himoyaga qo'shimcha bosim yuklamoqda. Maydon zonada chiziqlar orasidagi bo'shliq bazan qo'rqinchli darajaga chiqmoqda.

Himoyada ham o'zgarishlar bo'lganini unutmaslik lozim. O'tgan mavsumning etti turidan so'ng "Liverpul" o'z darvozasidan atigi ikkita gol o'tkazib yuborgandi, hozir "uje" 9 ta. "Ular chindan ham yomon himoyalanmoqda. Jamoa o'zaro balansni topishi muhim. Menga Frimpong va Bredlining o'ng qanot himoyasidagi o'yini yoqmayapti. Slot Soboslaini ham o'ng qanot himoyasiga joylashtirib ko'rdi. Himoyadagi futbolchilarning o'zaro bir-birini tushunishi oqsamoqda. Bundan tashqari Slot chap qanotni Kerkezga ishonmayapti. Hatto van Deyk va Konate ham ishonchli himoyachidek ko'rinmayapti", — dedi afsonaviy forvard Alan Shirer "Chelsi"ga qarshi o'yindan keyin.

Bu mavsum "Liverpul" himoyaning gibrid modelidan foydalanmoqda. Jamoa zonali va personal himoyalanishni o'yin davomida uyg'unlashtirishga harakat qilyapti. Biroq bu futbolchilarga aksincha halaqit qilayotgandek: ular etiborini jamlay olmayapti. Bu ikki rejim o'rtasida farq katta. 

Kloppning "Liverpuli" aynan zona bo'yicha himoyalanishda zo'r harakat qilardi. Slot esa yangi narsa o'ylab topmoqchi. Demakki natijaga ham u javobgar. Hujumdagi nisbatan yosh futbochilar va o'zaro tushunish darajasiga ishonib, ancha yuqori chiziqda harakat qilgan tajribali himoyachilar o'rtasida uyg'unlikni topishi kerak.

Yana bir muammo — qanot futbolchilarini tizimga moslashtirish. Trent Aleksander-Arnoldning o'ng qanotdagi o'rnini Jeremi Frimpong yopishi kerak edi. "Liverpul" sardori Virjil van Deykning fikriga ko'ra, sobiq jamoadoshi Trentning ketishi himoya chizig'iga unchalik jiddiy tasir ko'rsatmaydi: "Gap unda emas. Trent juda zo'r futbolchi edi, ammo u safimizni tark etdi. O'tgan mavsum ham biz ko'p bor usiz maydonga tushgandik. Albatta, uning ketgani bizni ranjitdi, biroq muammoning sababi bunda emas".

Frimpong va Trent — uslub bo'yicha bir-biridan tubdan farq qiladigan futbolchilar va niderlandiyalik hozircha "Liverpul" uslubiga moslashib ketganicha yo'q. Arne Slot o'ng qanot himoyasida nominal yarim himoyachi Soboslaini ko'rishni maqul topmoqda. Murabbiy fikrini Konor Bredli ham o'zgartira olmadi: akademiya tarbiyalanuvchisi mavsumni omadsiz boshladi va hali asosiy tarkibda muntazam o'ynashga yoshlik qiladiganga o'xshamoqda. Chap qanotda ham analogik vaziyat: Milosh Kerkez "Bornmut"dagidek yorqin o'yin ko'rsatmayapti. Adaptaciya jarayoni davom etmoqda.


Arne Slot "Liverpul" bosh murabbiyi to'g'ri yo'ldaligiga ishonmoqda

"Fikrimcha, biz nimanidir noto'g'ri qilmayapmiz. Aksincha, raqiblarimiz biz bilan uchrashuvlardan avvalgidan boshqacharoq harakat qilayotganini ko'ryapman. Men jamoaga kelganimda Yurgen Kloppdan mavsumning birinchi qismida bir qancha sovg'alar bor edi, ulardan biri — avvalgi mavsumdagi uchinchi va undan oldingi mavsumdagi beshinchi o'rin. O'shanda, biz APL taxtini egallaganimiz va Chempionlar Ligasida etakchilik qilayotganimizdagidan ko'ra boshqacharoq qarshilik ko'rsatilayotgandi. Ammo bizning yutuqlarimiz raqiblarning o'yinini o'zgartirishga majbur qildi va endi biz bu vaziyatda echim topishimiz zarur. O'tgan mavsum bunday qarorlardan biri standartlar edi, ko'p jamoalar raqibning o'ta zich himoyasini shu yo'l bilan buzib o'tadi. Bu mavsum biz hozircha o'sha muhim qadamni tashlamadik".

Yana bir muhim jihat — jamoaning ancha katta pulga sotib olingan ikki yangi futbolchilarining omadsiz debyuti. Avvaliga mersisaydliklar "Bayer"dan Florian Vircni € 125 mln.ga sotib olib APL rekordini yangilashdi. Transfer oynasi oxirida esa "Liverpul" "Nyukasl" juda bilan uzoq davom etgan muzokaralardan keyin Aleksander Isakni sotib olishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu transfer narxi — € 145 mln. Hozircha har ikki yulduzning o'yini "chiqmayapti". Virc memlar bosh qahramoniga aylandi: 9 o'yindan keyin germaniyalikning statistikasi sizniki bilan bir xil, yani — "0+0". Florian faqatgina "Kristal Pelas"ga qarshi Angliya Superkubogi uchun o'yinda golli uzatma etkazib berishni uddaladi.

"Hozir jamoadagi muvozanatni to'g'ri, deb hisoblamayman. Bu vaziyatda Florian Virc ajralib qolmoqda. U optimal formasida emas. U hali ancha yosh yigit va yangi ligaga ko'chib o'tdi. Bu erga ko'nikish uchun unda vaqt etarli deb o'ylayman, ammo hozir "Liverpul" manfaatlari yo'lida uni asosiy tarkibdan chiqarib tashlash kerak. O'tgan mavsumdagi holatga qaytib olish va undan keyingina oldinga keyingi qadamni tashlash muhim. Chunki hozir biz jamoada ko'rayotgan narsa — shunchaki "bardak", — dedi Karrager.

Qizig'i, Virc maydon bo'ylab juda yaxshi harakat qiladi: u maydonning raqib tomonida (uchdan bir qismida) to'psiz ochilish bo'yicha va u erga katta tezlikda yorib kirish bo'yicha APLning eng yaxshi o'yinchisi. 

"Florian bilan shartnoma tuzib, biz jamoaga butkul boshqa tipdagi futbolchini olib keldik va u o'tgan mavsumdagi bor figuralarimizdan farq qiladi. Bunga asosiy sabablardan biri esa o'tgan mavsumning birinchi va ikkinchi qismida biz o'yindan urgan gollardagi tafovutda edi. O'ylashimizcha, Florian unikal imkoniyatlari bilan bizga katta yordam beradi", — dedi Slot.

Isakning vaziyati esa biroz boshqacharoq tus oldi. Shveciyalik "Nyukasl" bilan "Liverpul"ga transferi sababli janjallashib qoldi va mavsumga tayyorgarlikni to'liq o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Amalda Aleksander mavsum uchun sport formasini "qizillar" safiga kelib qo'shilgach, tiklay boshladi (bungacha u faqat individual mashg'ulotlar qilayotgandi). Arne Slot kelishuv amalga oshishi bilanoq Isakdan darhol mo'jiza kutmaslikni so'ragandi: "U har o'yin 90 daqiqadan maydonda harakat qilishini kutmang, chunki yaqin haftalarda bu amalga oshmaydi. Isak mavsumga tayyorgarlikni to'liq o'tkazib yubordi. Endi esa tig'iz taqvimni inobatga olib, uni muntazam ravishda yaxshi sport formasiga kirib olishi uchun sharoit yaratib berish kerak.

Bu oson bo'lmaydi, ammo biz u bilan 2 haftalik emas, 6 yilga shartnoma imzoladik. Muxlislar shuni unutmasligi zarurki, agar men uni o'yinning qaysidir qismida zaxiraga olayotgan bo'lsam, yoki aksincha bir necha daqiqaga maydonga tushirayotgan bo'lsam, bu uzoq muddatli rejaning bir qismi".


Virdjil van Deyk "Liverpul" himoyachisi vaziyatga quyidagicha izoh berdi va muxlislarni jamoani har qachongidan kuchliroq qo'llab-quvvatlashga chaqirdi

"Bu mavsum qiyin bo'lishi aniq edi. Nafaqat maydondagi masalalar tufayli, balki uning tashqarisidagi ishlar sabab ham. Bu og'ir davrdan biz bir butun bo'lib o'tishimiz zarur. Nafaqat biz futbolchilar, balki biz bilan chempionatdagi g'alabani nishonlagan xodimlar va muxlislar ham. O'tgan hafta ancha qiyin bo'ldi, ammo biz vaziyatni o'nglashimiz mumkin. Buning uchun stabillikka erishishimiz kerak. Atrofda shuncha to's-to'polon, bunga ham ko'nikish zarur. Ishlashda davom etishimiz, birgalikda ijobiy natijalarga erishib, yana o'z kuchimizga ishonishimiz zarur. O'tgan yili barcha ishlar joyida edi va hammaning kayfiyati ham shunga yarasha bo'lgan. Hozir, agar ochiqroq aytsam, kichik inqirozdamiz va bunday holatda yonimizdagilar bizni qo'llab-quvvatlashlari ayniqsa muhim".


Nima bo'lsa ham bugun tunda "Liverpul"ga oson bo'lmasligi aniq. Ammo jamoa imkon qadar tezroq vaziyatni o'zgartirishga va mag'lubiyat seriyasini uzishga astoydil harakat qiladi. "Ayntraxt" - "Liverpul" uchrashuvi 23:59da start oladi. 


Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
22 okt 17:02:13
Iyuff Fhhmfd
Menimcha unchalik vahimali holat emas mavsum oʻrtasida yana oʻz oʻyinini topib oladi
+1   
22 okt 17:02:02
Iyuff Fhhmfd
Menimcha unchalik vahimali holat emas mavsum oʻrtasida yana oʻz oʻyinini topib oladi
   
22 okt 18:03:20
Arsen Venger !!!
Исаак эффекти.
   
22 okt 16:57:01
Асилбек Муминов
Яхши савияли макола. Ливерпул утган йилги ситиди холатиде тупикка кирип колли. Хатолага реакция юг бир хил хужум ранг барангли юг. Нма бусаям 100 фоиз калди айблеман майда деталдан тортип натижагача тренер сабабчи
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика