So’nggi yangiliklar

00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  1 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  4 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  2 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1 23:18"Пахтакор" 5 нафар тарбияланувчиси учун 432 миллион сўм олади  0 22:44Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Англияга ютқазди  9 22:25Антони "Бавария" таклифини рад этганини айтди. У "Бетис"га берган сўзида турган  1 21:55"Атлетик" ФИФА Лапортни рўйхатдан ўтказишни рад этганини тасдиқлади  1 21:36Ла Лигада ой мураббий бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди. Флик улар орасида йўқ  8 20:55Ла Лигада август ойининг энг яхши ўйинчиси бўлиш учун номзодлар номи эълон қилинди  3 20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  13 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  107 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  11 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  3 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1

Ravshan Haydarov: "Otabek Boymurodov boshqa posbonlardan har tomonlama kuchliroq" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Otabek Boymurodov boshqa posbonlardan har tomonlama kuchliroq"

20 yoshgacha o'tayotgan jahon chempionatining 2-turi doirasidagi O'zbekisiton - Yangi Zelandiya uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'yin haqida fikr bildirdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugun qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Afsuski, yana muhim ochkolarni boy berdik. Lekin bizda imkoniyat bor. O'yin so'ngida yigitlar yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira oldi va guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. 

Yangi Zelandiyaning tartibli o'yinimi yoki o'zimizdagi psixologik muammolarmi g'alaba qozonishga to'sqinlik qildi. Yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirish lozim, chunki golsiz g'alabalar bo'lmaydi. Birinchi bo'limda ko'pgina vaziyatlar yaratdik. Ming afsuski, ularni golga aylantira olmadik. Barcha ko'rsatkichlar bo'yicha ustunlikka erishdik, ammo ikkita qarshi hujum natijasida jazolandik. Raqib jamoa xatolarimizdan unumli foydalanishdi. SHunga qaramay, ikkinchi bo'limda o'yinni qutqarib qoldik. Bizda bir ochko mavjud. Keyingi o'yinda g'alaba uchun harakat qilamiz. 

- Ikkinchi o'yindirki, darvozabonimizda kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda. Nega boshqa posbonlarga imkoniyat berilmayapti?

- Nazarimda, Otabek boshqa posbonlardan har tomonlama kuchliroq bo'lgan birinchi raqamli darvozabonimiz sanaladi. Darvozabonlar murabbiyi ham shunday fikrda. Ehtimol, turnir davomida boshqa posbonlarga ham imkoniyat taqdim etamiz. 

- Bugungi bahsda Abdurazzoqov asosiy tarkibda maydonga tushirildi, ammo tanaffusda zaxiraga olindi. Uning o'yinidan qoniqish hosil qilmadingizmi?

- Abdurazzoqov yomon o'ynamadi. Maydonda aktiv harakat qildi. Ammo bizga zarbalar va gollar kerak edi. Unga raqib himoyachilari imkon berishmadi. SHu bois, ikkinchi bo'limda boshqa variantlarni qidirdik. 


Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика