So’nggi yangiliklar

12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  2 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  1 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  3 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  9 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  23 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5

Ravshan Haydarov: "Matonat ko'rsatishgani uchun yigitlarga rahmat aytaman va ular bilan faxrlanaman!" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Matonat ko'rsatishgani uchun yigitlarga rahmat aytaman va ular bilan faxrlanaman!"

U-20 Osiyo Kubogi yarim finalidan o'rin olgan O'zbekiston – Koreya Respublikasi (0:0, penaltilar bo'yicha – 3:1) uchrashuvidan keyin O'zbekiston yoshlar termasi ustozi Ravshan Haydarov va bugun qahramonlik qilgan darvozabon Otabek Boymurodov fikrlarini bildirdi.

"Avvalo, hammani – muxlislar, futbolchilar va murabbiylarni finalga chiqqanimiz bilan tabriklayman! Bugun bir-biriga mos, teng kuchli jamoalar to'qnash kelib, shiddatkor o'yin ko'rsatishdi. Juda ko'p vaziyatlar yaratdik. Ammo penaltilar seriyasiga qadar etib bordik va darvozabonimiz unda o'zini ko'rsatdi. O'yinda bizda ko'proq vaziyatlar bo'ldi. G'alaba bizga haqli ravishda nasib qildi. Matonat ko'rsatishgani uchun yigitlarga rahmat aytaman va ular bilan faxrlanaman!", – dedi Ravshan Haydarov.

"Fantastik emociyalarni boshdan kechiryapmiz. Jamoadoshlarim bilan faxrlanaman. Biz oilamiz va vatanimiz uchun borimizni berdik.

Jamoamizni finalga olib chiqish men uchun sharaf. Oilam har bir o'yinni stadiondan kuzatmoqda. Ularning ko'z o'ngida bunga erishish juda yoqimli", – dedi Otabek Boymurodov. 

- Bugun zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinga kirishib ketishda qiynalishdi. Ular ishonchni oqlamadimi?

- Yo'q, bunday deb o'ylamayman. Ular evaziga o'yinni o'z tomonimizga og'dirdik. Zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirishdi va ularda talaygina imkoniyatlar yuzaga keldi. Ular o'yinda kirishib keta olmadi deb o'ylamayman. Ha, Jo'raboev biroz qiynaldi, keyin uni sariq kartochka olgani uchun almashtirdim. Biz o'zgarishlarni to'g'ri amalga oshirdik deb o'ylayman.  

- Jarohat olgan Xoldorxonov va Asqarov haqida qandaydir malumotlarga egamisiz? Ular to'liq tiklanmasa-da, finalda o'ynatasizmi?

- Ular bilan tibbiy xodimlar shug'ullanishmoqda. Tezroq tiklashga harakat qilishadi, hozir bir nima deb bo'lmaydi. Ertaga ko'ramiz. Agar ular tiklanishsa va jarohat xalaqit qilmasa, keyingi bahsda o'ynashadi. 

- Siz boshqa matbuot anjumanlarida ham vaziyatlar ko'p yaratyapmiz, ammo undan foydalana olmayapmiz dedingiz. Finalda nima qilasiz?

- Ha, albatta. Vaziyatlar yaratyapmiz, shu meni qoniqtiryapti. Faqat oxirgi nuqtani qo'yishda qiynaldik.

- Otabekka savol. Avstraliya bilan o'yinda qo'lingizda qo'llanma bor edi. Bugungi tayyorgarlik qanaqa edi?  

- Bu gal shunchaki improvizaciya edi. Hech qanday qo'llanma yo'q edi (kuladi).

- Bugun doimgidek stadiondagi atmosfera ajoyib edi. Futbolchilarga bosimga dosh bera olishi uchun qanday ko'rsatmalar beryapsiz?

- Muxlislarga rahmat. To'la muxlislarga ega stadionda o'ynash faxrlanarli. Albatta, qiyinchiligi ham bor, bosim bo'ladi. Urugvay kabi davlatlarga borib, bu bo'yicha ruhan ishlagandik va bunga urg'u bergandik. Bir tarafdan, bu masuliyat bag'ishlaydi. Biz bunday atmosferadan kuch olish va zavqlanishni o'rganishimiz kerak. 

- O'zbekiston yoshlar termasi chorak va yarim finallarda qo'shimcha taymlargacha bordi. Jamoa final oldidan ko'p kuch yo'qotib qo'ymadimi?

- Albatta, bunga tayyorgarlik ko'rganmiz. Kuch yo'qotilyapti, albatta. Lekin, o'ylaymanki, tiklanib olamiz. Kiyinish xonasida bayramni to'xtatdik. Tiklanish ishlari davom etadi. 

Yigitlar yosh, ularga mashg'ulot jarayonida hammasini to'g'ri tushuntirib boryapmiz. 

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyimizga rahmat. Oxirgi ikki o'yinda raqiblardan kam joyimiz ko'rinmadi. Biz har taraflama – ham jismonan, ham taktik jihatdan kuchli bo'lishimiz kerak. 

- May oyida U-20 termamizni Jahon chempionati kutmoqda. Ular bilan ishlashda davom etasizmi yoki boshqa yosh toifasidagi termada faoliyat yuritasizmi?

- Qaysi jamoa bo'lmasin, ishlashda davom etamiz. Hozir butun vujudim bilan shu jamoaga etiborimni qaratganman. Ertaga nima bo'lishini Xudo biladi. Oxirgi 10 yildagi faoliyatimdan kelib chiqsak, o'zimga loyiq jamoadaman deb o'ylayman. Bu yosh toifasidagi futbolchilarni asosiy milliy terma jamoamizga etishtirishimiz lozim. Jahon chempionatlari va xalqaro turnirlarda qatnashib, futbolchilarimiz va futbolimiz saviyasi o'sadi. Bu yoshlarimiz o'sishi uchun katta bosqich bo'ladi. Avval U-23, keyin terma jamoaga yo'l oladilar. Hozirgi maqsadimiz – tizimli ishlashni yo'lga qo'yish.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика