Ravshan Haydarov: "Chiroyli o'yin ko'rsatmagan bo'lsak ham g'alaba qozondik"

Xayrulla Xoliqov
15 yanv 2018, 16:33
Xitoyda davom etayotgan U-23 Osiyo chempionatida bugun "A" guruhi bahslari o'z yakuniga etdi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi guruhdagi oxirgi uchrashuvni Ummonga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu g'alaba vakillarimizni ikkinchi o'rin bilan chorak finalga chiqishini taminladi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Ravshan Haydarov shunday dedi:

- "Bugun juda qiyin va murakkab bahsni o'tkazdik. Garchi chiroyli o'yin ko'rsatmagan bo'lsak-da, g'alaba qozondik. Birinchi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng vaziyatni o'zgartira oldik va keyingi ikkita bellashuvda g'alabaga erishdik".

- "Men shogirdlarimga hali imkoniyat borligini oxirigacha uqtirdim, bu esa o'z samarasini berdi. Ummon to'pni yaxshi nazorat qildi. Biz birinchi taymda qarshi hujumda o'ynadik. Lekin ikkinchi taymda ustunlik biz tomonga o'tdi, qolaversa taktikani ham o'zgartirdik".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia