So’nggi yangiliklar

00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7

Ravshan Haydarov: "Avstraliya o'yindan-o'yinga kuchaymoqda" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Avstraliya o'yindan-o'yinga kuchaymoqda"

U-20 Osiyo Kubogi doirasida Indoneziyaga qarshi o'yindan keyin O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin muhim edi. Guruhdan chiqishni istadik. Minimum vazifa bajarilganidan xursandman. Bahs bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Menimcha, chiroyli va tartibli o'yin bo'ldi. Indoneziya termasi yaxshi himoyalandi. SHunday bo'lsa-da, ularning himoyasini yorib o'tishga harakat qildik. Yaxshi vaziyatlar ham yaratdik, ammo bularni golga aylantira olmadik. 

- Bahs oldidan bir qancha futbolchilarga dam berdingiz. O'yinga futbolchilarni durang uchun maydonga tushirdingizmi?

- Yo'q, rotaciya qildik. Bu o'yin uchun mantiqan olib qaraganda zaxirada o'tirib qolgan futbolchilarga ham imkon berishimiz mumkin edi. Jarohatlar, charchoqdan qo'rqdik. Barchani almashtirib tashlab, yigitlarni tonusdan chiqarib qo'ymoqchi emasman. Ikki o'yinda ko'p kuch yo'qotgan futbolchilar biroz dam olib, kuch yig'ishi kerak edi. Bugun maydonda harakat qilgan futbolchilar ham yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. 

- Pley-offdagi raqib Avstraliya. Ushbu bahsda nimalar muhim?

- Ilk navbatda yigitlarning tiklanish jarayoniga ahamiyat beramiz. Pley-off o'yinlari barchasini hal qiladi, bitta xato kechirilmasligi mumkin. Yigitlarni yaxshi holatga olib kelib, ruxlantirish, menimcha, unchalik muammo bo'lmasa kerak. Jahon chempionatiga yo'llanma, biz, Siz, barcha uchun kerak. Bu bahsga har taraflama yaxshi tayyorlanib, yutib olishimiz kerak. 

- Umarali Rahmonaliev uzoq masofadan zarba yo'llamayapti. Bu Sizning qaroringizmi? CHunki futbolchilar uzoqdan deyarli zarba berishmayapti.

- Deyarli barcha o'yinlarda uzoqdan zarba berishga harakat qilib ko'rishdi. Indoneziya termasi uzoqdan zarba beriladigan nuqtalarni yaxshi berkitdi. Zarbalarsiz gol bo'lmaydi. Kimgadir kamroq tep, kimgadir ko'proq demaymiz. Ha, bazida yigitlar ichkariga kirib borishni istashdi. Balki shoshqaloqlik, balki, sovuqqonlikdir... O'rtasida. Bir tomonga ko'proq yonbosish kerak. 

- O'zbekiston birinchi bo'limda besh himoyachi bilan o'ynadi. Bu gol urishimizga qiyinchilik tug'dirmadimi? Avstraliya haqida nima deysiz?

- Besh himoyachi ko'proq 3-4-3 taktikasiga o'xshaydi. Ikki qanot himoyachilari hujumga ko'proq chiqib turadi. Himoyachilarga shunday vazifa berilgandi. Indoneziyada bosh murabbiy imzosi ko'rinib turibdi. Raqiblar tartibli o'ynashdi. Bizda Abbos va Umarali qanot hujumiga yordam berishi kutilgandi. Maqsadimizga deyarli erishdik. Hujumda vaqt o'tkazdik, himoyaga ish bo'lgani ham yo'q. Albatta, raqiblar zich o'ynagani uchun paslarni o'tkazib bera olmadik. Bunday paytda muammolar yuzaga chiqib keladi. 

Avstraliyani kuzatib boryapmiz. Ular o'yindan-o'yinga kuchayib borishmoqda. Ularni yana taxlil qilamiz. Murabbiylar shtabimizdagi taxlilchilar o'yinlarni kuzatib borishmoqda. O'yinga munosib taktika va rejani tayyorlaymiz.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика