So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Ravshan Haydarov: "Osiyo chempionatidagi har bir raqib jamoa to'g'risida etarlicha malumot to'pladik" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Osiyo chempionatidagi har bir raqib jamoa to'g'risida etarlicha malumot to'pladik"

6 oktyabr, dushanba kuni yoshlarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Myanmaga jo'nab ketishdi.
Myanmaga uchib ketish oldidan Ravshan Haydarov tayyorgarlik haqida qisqacha o'z fikrlarini bildirdi.

- Mana, Toshkentdagi oxirgi yig'inni ham yakunladik. Unda futbolchilarning holati haqida zarur malumotga ega bo'ldik. Jamoaviy o'yinni shakllantirishga katta etibor qaratdik. Bu yog'iga bizni rasmiy o'yinlar kutib turibdi. SHu sababli har bir kundan unumli foydalanishga harakat qildik. Bugungi nazorat bahsi tegishli xulosalar chiqarishga yanada katta yordam beradi.

- Raqiblarni o'rganish qanday kechdi?
- Har bir raqib jamoa to'g'risida etarlicha malumot to'pladik. Indoneziya, BAA va Avstraliyani diqqat bilan o'rgandik. Birinchi turdagi raqibimiz Indoneziya yig'inni Ispaniyada o'tkazganidan xabarimiz bor. Ular “Real”, ”Barselona” va “Valensiya” singari klublarga qarshi o'yinlarda maydonga tushishdi. BAA ham Yaponiyada shug'ullandi.

- Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
- CHiroyli o'yin ko'rsatgan holda jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishimiz kerak.

- Jamshid Boltaboevning holati qanday?
- Unda kichik jarohat bor. Menimcha, Jamshid bizga ikkinchi turdan boshlab yordam beradi. Dastlabki o'yingacha to'liq tiklanib ulgurmaydi. Bir uchrashuvni o'tkazib yuborsa ham to'liq tiklanib olsa kifoya.

Umid qilamizki, Ravshan Haydarov qo'l ostidagi terma jamoa bizni kichik mundial yo'llanmasi bilan xushnud etadi.


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика