So’nggi yangiliklar

20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  29 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  9 20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  11 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0

Ravshan Haydarov: "Iordaniya to'sig'idan o'tishimizga ishonaman" Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Iordaniya to'sig'idan o'tishimizga ishonaman"

Malumki, bugun milliy terma jamoamiz safarda Iordaniya bilan muhim bo'lgan o'yinni o'tkazadi.
SHuning uchun barchaning diqqat etibori Ammandagi bahsga qaratilgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Ahamiyati yuqori bo'lgan o'yin oldidan o'z vaqtida milliy terma jamoamizda faoliyat yuritgan sobiqlarni esga oldik. Dastlabki suhbatdoshimiz bugungi kunda "Dinamo"ni boshqarayotgan Ravshan Haydarovdir.

"Bugungi o'yinda milliy terma jamomizning qoniqarli natija bilan qaytishini barcha yurtdoshlarimiz kabi men ham kutyapman", - deydi Ravshan Akmalovich. "Ammandagi bahsda gol urish nihoyatda zarur. Agarda futbolchilarimiz uchrashuvda birinchi bo'lib, hisobni ochishsa raqib jamoa ham keyin gol urish payiga tushib qoladi va bundan yigitlarimiz yana unumli foydalanib qolishi mumkin".

"Qanday taktikada o'ynash fodali bo'ladi? Menimcha milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabi Iordaniyaning bugungi xolati bo'yicha tasavvurga ega va uning oxirgi o'yinlarda qanday harakat qilganidan xabari bor. Bir so'z bilan aytganda bugungi raqibimiz to'g'risida Mirjalol Qosimov etarlicha malumotga ega. SHu bois qanday taktikada o'ynashimizni murabbiylar bizdan ko'ra yaxshiroq biladi. Umid qilamanki, qanday uslubda o'ynashimizdan qatiy nazar, yigitlarimiz xalqimizni xursand eta oladilar".

"Iordaniya bilan ikki o'yindan iborat o'tish bosqichida o'ynashimiz biz uchun foydali. Ayniqsa javob bahsining Toshkentda o'tkazilishi imkoniyatlarimizni yuqori ekanligidan dalolatdir. Aytish mumkinki, bugungi kunda futbolchilarimiz iordaniyaliklarga nisbatan saviya boshqa jihatlar bo'yicha ustun. SHu bois shaxsan men Iordaniya to'sig'idan o'tishimizga ishonaman".

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика