So’nggi yangiliklar

01:05АПЛ. "Арсенал" — "Тоттенхэм" (онлайн ҳисоб)  4 01:00Испания кубоги. "Барселона" — "Бетис" (онлайн ҳисоб)  7 00:52"Челси" Лондоннинг бошқа клубида ўйнаётган футболчисини ортга қайтарди  0 00:28"Эльче" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 23:50"Ливерпуль" 19 ёшли форвардга қизиқмоқда  1 23:47"Интер" — "Болонья". Барелла, Димарко, Тюрам ва Лаутаро асосий таркибда  0 23:34"Бавария" — "Хоффенхайм". Сане, Мюллер ва Кейн асосий таркибда  1 23:06"Манчестер Юнайтед" Сузуки билан шартнома имзоламоқчи  7 22:38"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:15"Пахтакор" назорат учрашувида Япония вице-чемпионига мағлуб бўлди  10 21:51ЎзПФЛ 2024 йилдаги шубҳали ўйинларни текширишни сўраб ЎФА этика қўмитасига хат юборган  9 21:28Роналду "Ал Насср" билан шартномани узайтирса, клуб акциядорига айланади  4 21:01МЮ Антони борасида Ла Лига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 20:35ПСЖ Jordan брендидан янги либослар тўпламини тақдим этди  0 20:11Араухонинг "Барселона"даги келажаги маълум  5

Ravshan Haydarov: Dinamoda yoshlardan iborat poydevor borligi xursand qiladi Yangiliklar

Ravshan Haydarov: Dinamoda yoshlardan iborat poydevor borligi xursand qiladi

Dinamo - Navbahor uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirok etib jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- Muxlislariga nihoyat kutilgan g'alabani taqdim etdik, deya olaman. SHogirdlarimning bugungi harakatlaridan ko'nglim to'ldi. “Navbahor” ancha shakillangan jamoalardan biridir. Ularga qarshi o'ynash bizga doim qiyinchilik tug'dirgan. SHogirdlarim o'yin mobaynida to'pni nazorat qilib turishdi. Issiq havoda futbol o'ynashni o'zi bo'lmaydi. Bolalar bugungi o'yinda yutishlari kerakligini his etgan holda bor kuchlarini berib o'ynashdi. Natijada biz o'z hisobimizga uch ochkoni qo'shib qo'ydik.

- O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandingiz, aytingchi, “Dinamo” vakillarini ham biz ushbu terma tarkibida ko'rishimiz mumkinmi?

- Bir-ikki futbolchilarni ko'z ostimga olib qo'yganman, nasib bo'lsa, ularni yig'inlarga chaqirib boraman.

- Dinamoning birinchi davradagi o'yinlaridan ko'nglingiz to'ldimi?


- To'g'risini aytadigan bo'lsam, ko'nglim to'lmadi. Turnir jadvalidagi o'rnimiz ham buni ko'rsatib turibdi. Biz birin-ketin kuchli to'rtlikdagi klublar bilan o'yinlar o'tkazdik, o'rtamiyona klublar uchun bu ancha qiyin. Bir qator futbolchilarimizning kutilmaganda jarohatlar olishlari ham natijalarga katta tasir o'tkazmay qolmadi. “Qizilqum” va “Mashal”ga qarshi o'yinlarda imkoniyatni boy berib qo'ydik. Davra boshi va oxirida yaxshi o'yin ko'rsatdik, o'rtada esa ayniqsa Paxtakorga qarshi o'yindan keyin ruhiy pasayish sezildi jamoada. Bu esa natijamizga tasir etdi. Eng asosiysi esa, Dinamoda yoshlardan iborat poydevor borligi meni xursand qiladi.

- Samarqanddagi faoliyatingiz o'z yakuniga etdimi? O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan bir vaqtda “Dinamo”da ishlamoqchimisiz?

- Hali bu borada na rahbariyat, na O'FF bilan gaplashganim yo'q. SHu sababli bu savolingizga javob bera olmayman. CHunki, rasmiy ishlar hal bo'lganidan keyin barchasi haqida bemalol gapirish mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика