Ravshan Haydarov: "Bugun SHimoliy Koreya kuchli o'ynadi va yutdi"
20 okt 2014 16:55
Yangiliklar

Ravshan Haydarov: "Bugun SHimoliy Koreya kuchli o'ynadi va yutdi"
O'zbekiston - KXDR o'rtasidagi o'yindan so'ng Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.
Ravshan Haydarovga ko'ra, uning jamoasi bugun yomon o'ynadi va SHimoliy Koreya haqli ravishda finalga yo'l oldi.
"Masuliyatni to'la o'z bo'ynimizga olamiz va mag'lubiyatni oqlashga harakat qilmaymiz. Bugun SHimoliy Koreya kuchli o'ynadi va yutdi. Menimcha, jamoa jahon chempionatiga chiqqandan keyin xotirjamlikka berildimi, nimadir bo'ldi. Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. SHimoliy Koreya juda tartibli o'yin ko'rsatib, aniq pas bilan tezkor qarshi hujumlar evaziga gollar urdi. Biz hujumga o'ta olmadik. Akrom Komilovning yo'qligi tasir qildimi? U asosiy futbolchilarimizdan. Tasir qildi, lekin bu mag'lubiyatning asosiy sababi emas. Biz himoyada ko'p xato qildik. SHimoliy Koreya esa bu xatolardan unumli foydalandi. SHimoliy Koreya turnirdagi eng kuchli raqibmi deysizmi? Unday bo'lmasa kerak. Kuchli raqiblar ko'p bo'ldi. O'zimiz bugun yomon o'ynadik. Endi, noyabr oyida futbolchilarga dam beriladi. Dekabrdan boshlab jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'ramiz", - deydi Ravshan Haydarov.
O'FF matbuot xizmati

Fikrlar