Ravshan Haydarov: "Borimizni maydonga tashladik, afsus..."
27 apr 2014 11:24
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: "Borimizni maydonga tashladik, afsus..."
Dinamo - Paxtakor (1:2) uchrashuvidan so'ng, ayrim sabablarga ko'ra matbuot anjumani o'tkazilmagan bo'lsada, har ikki jamoa bosh murabbiylari fikri bilan qiziqdik.
Tabiiyki, mezbon jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'yindagi natijadan juda xafa edi.
- Bugungi o'yinda kamida bir ochkoga loyiq edik, deb o'ylayman. CHunki ijaradagi futbolchilar borasida Paxtakor bilan kelishuv borligi bois, asosiy futbolchilarimizni maydonga tushira olmadik. SHunga qaramay, asosini samarqandlik yosh futbolchilarimiz tashkil etgan bugungi tarkib o'yin uchun bor kuch va imkoniyatini ishga soldi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Bu o'yin ko'rsatdiki, Dinamoning o'yini faqat 2-3 ta futbolchilarga bog'liq emas. Asosiy tarkib futbolchilar safini o'rinbosarlar jamoamizda tarbiya topayotgan mahalliy yosh futbolchilarimiz ham sekin-asta egallay olishadi. So'zimga isbot sifatida bugun juda yaxshi o'yin ko'rsatgan Abdullo Nabiev, Komil SHarofutdinov, Iskandar Xolmirzaev, Xolmo'min Davronov, Muhammad Rajabov, Akbar Siddiqovlarni ayta olaman. SHuningdek, Saddam Boymamatov, Jasur Azimov, Mirkomil Lokaev singari yoshlarimiz ham jamoamizning ertangi kuni hisoblanishadi - deydi Ravshan Akmalovich.
Butun o'yin davomida bizni qo'llab-quvvatlashdan to'xtamayotgan minglab jonkuyar ishqibozlarimizdan minnatdorman. Bugun ham aynan ularning yordami so'nggi daqiqalarda muvozanatni tiklashimizga yordam berdi. Tajribali hujumchi Zayniddin Tojievni aynan so'nggi daqiqalarda maydonga tushirishni rejalashtirgandik va u bu safar ham o'z so'zini ayta olganidan juda xursandman. Biroq bosh hakamning qo'shib berilgan 5 daqiqa vaqti tugaganidan keyin ham o'yinni davom ettirishi yakunda Paxtakor foydasiga ishlagani juda alamli bo'ldi. Har qanday holatda ham peshqadam Paxtakordan hayiqmay so'nggi soniyalargacha ochko uchun kurashgan yigitlarimizdan minnatdorman. Biz bugun borimizni maydonga tashladik, afsuski bu natija uchun kamlik qildi - deya so'zlarini yakunladi Dinamo bosh murabbiyi.
Usmon IBODOV yozib oldi.

Fikrlar