Ravshan Ermatov JCH-2014 ochilish uchrashuvida ishlaydimi?
08 iyu 2014 19:37
Yangiliklar
Ravshan Ermatov JCH-2014 ochilish uchrashuvida ishlaydimi?
Xabaringiz bor, 12 iyun kuni Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin bilan Jahon chempionati boshlanadi.
Hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi ushbu mundialda ishlashi barchaga malum.
Ko'pchilik ochilish o'yinini aynan Ermatov bosh hakamlik qilishini aytishmoqda. Xo'sh, Osiyoning 4 karra eng yaxshi hakami bo'lgan hamyurtimizda ketma-ket ikkinchi JCHda ochilish bahsini boshqaradimi?
Birinchi o'yinni Janubiy Amerika va evropalik hakamlar boshqarmasligi deyarli aniq, har xolda FIFAning yozilmagan qoidasiga ko'ra shunday.
Okeaniya va Afrikadan taklif etilgan hakamlarning ochilish o'yiniga tayinlanish ehtimoli pastroq.
Demak, taxminimizcha Braziliya - Xorvatiya uchrashuvida SHimoliy Amerika yoki osiyolik hakamlardan biri ishlashi mumkin.
Eng asosiy nomzodlar uch nafar - Yuichi Nishimura (Yaponiya), Marko Rodriges (Meksika) va Ravshan Ermatov (O'zbekiston).
Bularning barchasi hozircha taxmin, FIFA qanday qaror qabul qilishini yaqin orada bilib olamiz.
Narzulla Saydullaev.

Fikrlar