Kecha Ravshan Ermatov Xitoy Superligasi uchrashuvini boshqardi, 2 sentyabrda yana bitta o'yin bor
27 avg 2018 11:54
Yangiliklar


Kecha Ravshan Ermatov Xitoy Superligasi uchrashuvini boshqardi, 2 sentyabrda yana bitta o'yin bor
FIFA va OFKning o'zbekistonlik hakami, jahon chempionatlarida o'yinlarni boshqarish bo'yicha rekordchi hisoblangan Ravshan Ermatov o'z guruhi bilan ayni damda Xitoyda bo'lib turibdi.
Kecha u Xitoy Superligasining eng muhim bahslaridan biri bo'lgan “CHangchun Yatay” va “Xebey CHayna Forchun” jamoalari o'rtasidagi bellashuvni boshqardi. Murosasiz o'tgan bahs 2-2 hisobidagi jangovar durang bilan nihoyasiga etdi.
SHuni takidlash joizki, yon hakamlar Abduhamidillo Rasulov va Sanjar SHoyusupovlardan iborat Ravshan Ermatov jamoasi ushbu bahsni alo darajada boshqarib, keyingi turdan o'rin olgan “Guanjou Evergrand” – “SHanxay SHenxua” o'rtasidagi uchrashuvda ishlash uchun yana bir taklif oldi. Mazkur o'yin 2 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Xitoy Superligasi
2 sentyabr
"Guanjou Evergrand" - "SHanxay SHenxua"
Bosh hakam: Ravshan Ermatov
Yon hakamlar: A.Rasulov, S.SHoyusupov
O’xshash yangiliklar
00:27
Ravshan Ermatov: "O'rtoqlik o'yinlari haqida bir to'xtamga kelganimizdan so'ng xabar beramiz" 18
23:21
O'zbekiston U23 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda GALEREYA 1
00:43
O'zbekiston U23 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda GALEREYA 0

Fikrlar