Kecha Ravshan Ermatov Xitoy Superligasi uchrashuvini boshqardi, 2 sentyabrda yana bitta o'yin bor

Narzulla Saydullayev
27 avg 2018, 11:54
FIFA va OFKning o'zbekistonlik hakami, jahon chempionatlarida o'yinlarni boshqarish bo'yicha rekordchi hisoblangan Ravshan Ermatov o'z guruhi bilan ayni damda Xitoyda bo'lib turibdi.

Kecha u Xitoy Superligasining eng muhim bahslaridan biri bo'lgan “Changchun Yatay” va “Xebey Chayna Forchun” jamoalari o'rtasidagi bellashuvni boshqardi. Murosasiz o'tgan bahs 2-2 hisobidagi jangovar durang bilan nihoyasiga etdi.

Shuni takidlash joizki, yon hakamlar Abduhamidillo Rasulov va Sanjar Shoyusupovlardan iborat Ravshan Ermatov jamoasi ushbu bahsni a'lo darajada boshqarib, keyingi turdan o'rin olgan “Guanjou Evergrand” – “Shanxay Shenxua” o'rtasidagi uchrashuvda ishlash uchun yana bir taklif oldi. Mazkur o'yin 2 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
 
Xitoy Superligasi
2 sentyabr
"Guanjou Evergrand" - "Shanxay Shenxua"
Bosh hakam:
Ravshan Ermatov
Yon hakamlar: A.Rasulov, S.Shoyusupov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz