Ravshan Ermatov terma jamoaga yaratilgan sharoitlar va yig'inlar haqida nimalar dedi?
19 iyu 2021 15:13
Yangiliklar
Ravshan Ermatov terma jamoaga yaratilgan sharoitlar va yig'inlar haqida nimalar dedi?
O'FAning navbatdan tashqari hisobot kongressi boshlandi
Minbarga chiqqan O'FA birinchi vice prezidenti Ravshan Ermatov terma jamoaga yaratib berilgan sharoitlar va tashkil etilgan yig'inlar haqida malumot berib o'tdi.
"2019 yil sentyabr oyida muxlislarning xohish istaklarini inobatga olgan holda Vadim Abramov O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Murabbiyning oldiga terma jamoani 2022 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi qo'yildi. Murabbiylar shtabining rejasi asosida milliy terma jamoaga barcha sharoitlar yaratildi. Jumladan 10ta o'quv-yig'in mashg'ulotlari, 4ta nazorat va 12ta xalqaro uchrashuvlar tashkil qilindi. Futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, ilmiy-tahliliy yondoshish, monitoring qilib borish imkoni paydo bo'ldi. Bo'lim uchun zamonaviy barcha qulayliklarga ega bo'lgan o'quv mashg'ulot markazi tashkil etish bo'yicha qaror qabul qilindi",- deydi Ravshan Ermatov.
Fikrlar