So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Ravshan Ermatov: "Hozir oldimizda bundan boshqa yo'l yo'q" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Hozir oldimizda bundan boshqa yo'l yo'q"

Qisqa fursat ichida minglab muxlislar etiborini qozongan "Tezkor studiya" loyihasi navbatdagi sonini taqdim etdi.

Loyiha mehmoni bo'lgan O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov karantin paytida ish qanday ketayotgani borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Video "Tezkor studiya". Ravshan Ermatov, Alisher Nikimbaev, Diyor Imomxo'jaev, Aziz Haydarov va boshqalar

- Avvalambor hammaga Assalomu Alaykum! Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev aytib o'tganlaridek, shu kunlarda xalqimiz sinovli kunlarni boshdan kechiryapti. Futbol jamoatchiligi ham bir-birini qo'llagan holda birdam bo'lib ish olib borishga harakat qilyapmiz. 

- Sinovli kunlarda O'FA va PFL xodimlari - barchamiz karantin qoidalariga amal qilgan holda masofadan turib onlayn rejimda ishlayapmiz. Endi bu ham yurtga kelgan "to'y", hammamiz karantin qoidalariga to'liq amal qilib uyda qolishda davom etsak, o'ylaymanki, koronavirus balosi tez orada bartaraf etiladi. 

- Oldimizga katta maqsadlar qo'yilgan, shu bois masofadan turib ham ishni davom ettirmasak bo'lmaydi. CHunki karantin davri ortda qolib yana ishga sho'ng'ib ketadigan bo'lsak, bu holat barchaga qiyinchilik tug'dirishi mumkin. 

- Har kuni tashkilotimiz xodimlari, bo'limlar mutaxassislari bilan gaplashib o'zaro fikr almashyapmiz hamda kelajakka doir rejalar tuzyapmiz. To'g'ri, bugungi kunga kelib ko'p rejalar o'zgarib ketdi. SHu bois ishlarni boshqatdan ko'rib chiqyapmiz. Agar may oyidan yana ish davom etadigan bo'lsa, mavsumning buyog'i qanday kechadi, nimalar qilishimiz lozim bo'ladi, shu haqda bosh qotiryapmiz. Xullas har qanday holatga tayyor turishimiz kerak. 

- Terma jamoalar bosh murabbiylariga tegishli ko'rsatmalarni berganmiz va ular masofadan turib nomzod futbolchilar bilan ish olib borishyapti. Barcha futbolchilarga uyda mashg'ulot o'tkazish dasturlari belgilab berilgan va shu asosda karantin paytida uyda mashq qilishyapti. Hozir oldimizda bundan boshqa yo'l yo'q, toki vaziyat o'nglangunga qadar shunday yo'sinda ishlab turamiz. Bu o'rinda O'FA terma jamoalar bo'limi boshlig'i Azizbek Haydarov bilan har kuni muloqotdamiz, - deydi Ravshan Sayfiddinovich.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика