Ravshan Ermatov: "Har bir o'yinimiz oldidan muxlislarimiz duosini sezib turdik"
16 iyu 2014 11:04
Yangiliklar
Ravshan Ermatov: "Har bir o'yinimiz oldidan muxlislarimiz duosini sezib turdik"
Jahon chempionatlari tarixida eng ko'p uchrashuvni boshqarib, bu borada rekord o'rnatgan o'zbekistonlik FIFA referisi har bir o'yin oldidan muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilganini alohida takidladi.
Yurtimizga sog'-omon etib kelganimizdan hursandmiz. Jahon chempionatlarida umumiy 9ta o'yin boshqarib rekord o'rnatdik. Bu mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning Biz hech kimdan kam emasmiz va kam bo'lmaymiz ham, - deb biz yoshlarga aytgan shiorining amaldagi ifodasidir, - deydi Ermatov.
Jahon chempionatidagi har bir o'yin oldidan biz mana shu so'zlarni doimo yodimizda saqladik. Har bir boshqargan o'yinimiz oldidan muxlislarimizning duosini sezib turdik va o'zbek futbolining obro'sini ko'tarishga harakat qildik. Final o'yiniga ham bizning tayinlanishimizni ko'pchilik kutgan edi. Biroq vaziyat o'zgardi. Lekin, bu holat bizni o'z ustimizda ko'proq ishlashimizga va navbatdagi jahon chempionatida o'z orzuimiz sari yanada kuchliroq harakat qilishga undaydi, - deydi to'rt karra Osiyoning eng yaxshi hakami.
Jahon chempionati bahslarida Ermatovga qanotda yordam bergan FIFA laynmseni Abduhamillo Rasulov uchun Braziliyadagi mundial faoliyatidagi ilk jahon chempionati bo'ldi.
Men uchun bu birinchi jahon chempionati bo'ldi. To'rt yil avval o'zbek hakamlari juda yuqori saviyani namoyish etishgandi va bu safar biz ana shu yuqori saviyani saqlashga harakat qildik. Jahon chempionati biz uchun katta tajriba maktabi va bizni qo'llab-quvvatlab turgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman, - deydi Rasulov.

Fikrlar