Ravshan Eliboev: “Kaspiy” bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladim”
11 fev 2022 15:23
Yangiliklar
Ravshan Eliboev: “Kaspiy” bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladim”
“Lokomotiv” futzal jamoasi darvozaboni Ravshan Eliboev ham faoliyatini Qozog'istonda davom ettiradi.
U “Kaspiy” futzal jamoasi bilan shartnoma imzoladi. SHundan so'ng uning yangi jamoasiga o'tishi borasida fikrlariga quloq tutdik.
“Kaspiy” jamoasidan taklif juda oddiy bo'ldi. Yani, “Instagram” orqali jamoa bosh murabbiyi Dilmuhammad Sulaymonov taklif bilan chiqdi. O'z jamoasida meni ko'rishni istayotganini malum qildi. Taklifni o'ylab ko'rdim va “Lokomotiv” rahbariyati bilan maslahatlashib, o'zaro kelishgan holda erkin agent maqomida “Kaspiy” futzal jamoasi bilan shartnoma imzoladim. SHartnomam mavsum yakuniga qadar mo'jallangan.
6 fevraldan mashg'ulotlarga qo'shildim. Jamoadoshlarim meni iliq kutib olishdi.”Kaspiy”da barcha sharoitlar bor. Hozircha hech qanday muammo yo'q”, - deya so'zini yakunladi Eliboev.
Fikrlar